Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr uchun to‘lovlarni uyma-uy yurgan holda undirish amaliyotiga qaytiladi
Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi iste'moli uchun to‘lov undirish funksiyasi vazirlik tizimiga o‘tkazilayotgani bo‘yicha izoh berdi.

«Bu bir tizim tugab, ikkinchi tizimga o‘tiladi degani emas. Ma'lum funksiyalargina – qarzdorlik to‘lovlarini ofis xodimlari emas, balki tashqarida faoliyat yurituvchi xodimlar tashkilotma-tashkilot, uyma-uy yurgan holda undirishi belgilanmoqda.
Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi iste'moli uchun to‘lov undirgan vaqtida ham to‘lov hisob-kitobi bilan shug‘ullanmagan. Iste'mol hisob-kitobi hududiy elektr tarmoqlari orqali amalga oshirilgan. MIB faqatgina ma'lumotlar bazasi bilan bog‘langan holda nazorat va monitoringni amalga oshirar, qarzdorlik holatlari bilan shug‘ullanardi», deya Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik vakili elektr energiyasi iste'moli uchun to‘lovlarni amalga oshirishning elektron tizimlarini takomillashtirish zaruratiga to‘xtalib o‘tdi.
«Elektr energiyasi iste'moli uchun to‘lov madaniyatini shakllantirishda elektron to‘lov tizimlarini nafaqat son jihatdan ko‘paytirish, balki ularning samaradorligiga odamlarni ishontirish ham kerak. Hududiy elektr tarmoqlari bo‘limlariga o‘zim borib to‘layman, to‘lov kvitansiyasini bergandan keyingina ishonaman, elektron tizimlarga ishonmayman, degan fikr bilan yurganlar hali ham bor.
Elektron to‘lov tizimlari ishonchliligini targ‘ib qilish barobarida, ularni takomillashtirish ham kerak. Pulning o‘rtada yo‘qolib qolish ehtimolini bartaraf etish, oxirgi marta qachon to‘lov amalga oshirilgani, to‘lovni amalga oshirish uchun qancha muddat qolgani haqida bildirishnoma berish funksiyalari kiritilishi lozim. Ya'ni iste'molchi shaxsiy kabinetga kirib, ma'lumotlarni olib, elektron to‘lov tizimiga o‘tishi emas, barcha funksiyalarni yagona tizimda osongina amalga oshira olishi lozim», dedi Sherzod Xo‘jayev 22 iyun kungi matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, «Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» prezident farmoni bilan, 1 avgustdan boshlab elektr va gaz energiyasi iste'moli uchun to‘lov undirish vakolati Energetika vazirligi tizimiga o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
Sport | 09:22 / 22.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 23:33 / 21.09.2025
Qumga ko‘milgan murda – Termizdagi mudhish qotillik tafsiloti
Jamiyat | 11:52 / 21.09.2025
Dunyoning eng yirik davlatlaridagi erkaklar va ayollar nisbati ma’lum qilindi
Jahon | 23:53 / 20.09.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hikmat Travel 28 oktyabrdan qo‘shimcha Umra ziyorati safarlarini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 18:59 / 22.09.2025
-
Usmon Dembele «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi
Sport | 00:46
-
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti va Citigroup raisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 00:44
-
Shavkat Mirziyoyev Blackrock investitsiya kompaniyasi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 23:49 / 22.09.2025
Mavzuga oid

13:56 / 06.08.2025
Fuqarolar davlatga qariyb 63,5 mlrd so‘mlik elektr energiyasini sotdi

11:35 / 27.07.2025
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi

18:27 / 22.07.2025
O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

19:58 / 17.07.2025