Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kasallanish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lsa ham karantin choralari yumshatilayotganiga izoh berildi
Koronavirus bilan kasallanish holatlari kunlik 5-10ta bo‘lgan davrda mamlakatda qat'iy karantin choralari amalga kiritildi. Ammo kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bir necha o‘n nafar bo‘lgan paytda karantin yumshatilmoqda.
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Habibulla Oqilov AOKAda o‘tkazilgan brifingda shu masalada izoh berdi.
«Koronavirus bilan og‘rigan birinchi bemor aniqlanib, kunlik o‘sish holatlari kuzatilganda qat'iy karantin choralari bir maromda saqlab turildi. Keyinchalik kasallikdan tuzalganlar ko‘rsatkichi yangi kasallanganlar sonidan yuqoriligi 2 haftadan ortiqroq vaqt davomida barqaror saqlanib turgach, karantinni bosqichma-bosqich yumshatish choralari ko‘rila boshlandi.
Bu bemorlar uchun davolash koykalari, mutaxassislar va medikament vositalarining yetarli zaxirasi mavjudligi bilan izohlanadi.
Fursatdan foydalangan holda aholi karantinning yumshatilishini to‘g‘ri tushunishi kerakligini aytib o‘tmoqchiman. Karantin choralarining yumshatilayotgani uning bekor bo‘lishini anglatmaydi – vaziyat yomonlashgan taqdirda kerakli choralar kuchaytiriladi», deya Oqilovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026