Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda poliklinika vrachlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Vazirlik rasmiy ma'lumot berdi
Majburiy mehnat holati haqidagi xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan.
Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinika vrachlari majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur xabar Davlat mehnat inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
“Unga ko‘ra, maqoladagi rasmlari ko‘rsatilgan hamshiralar va boshqa vrachlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ulardan tushuntirish xatlari olinganda ular 2020 yil 29 may kuni o‘z xohishlariga ko‘ra obodonlashtirish ishlarida ishtirok etganligini ma'lum qilganligi sababli majburiy mehnat tasdig‘ini topmadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.
Avvalroq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Namanganda bolani mehnatga majburiy jalb qilish holati bo‘lmagani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
17:51 / 12.06.2026
Xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilgan Qarshi hokimi o‘rinbosari jazolandi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026