Misr

Galstukni eslatuvçi aksessuarning ilk şakllari Qadimgi Misrda uçragani taxmin qilinadi. Töğri geometrik şakldagi mato parçasini Qadimgi Misr aholisining ba'zi vakillari böyni va yelkasiga taşlab qöygan. Bu – şaxsning jamiyatda muayyan ijtimoy mavqega egaligini anglatib turgan.

Xitoy

Qadimgi Xitoyning Sin sulolasi vakili Şixuan Dining qabrida 40 mingdan ziyod sopol askar haykalçalari topilgan. Bu askarlarning böynida galstukni eslatuvçi keng enli boğiçlar borligini köriş mumkin.

Manbalarga köra, Qadimgi Xitoyda harbiylarning oddiy aholi vakillaridan ajralib turişi uçun bunday atributdan foydalanilgan.

Ammo Qadimgi Xitoyda ham, Qadimgi Misrda ham foydalanilgan böyinboğlar bugungi galstukdan farqlanib, asosiy jihati – tugun qismi bölmagan.

Rim

Böyinga mato parçasini boğlaş an'anasi Rim legionerlaridan qolgan degan qaraş ham mavjud. Rimning Trayan kolonnasi legionerlari böyinlariga mato bölagi – faskaliani boğlab yurişgani manbalarda aytiladi, bundan maqsad – metall sovut hoşiyalari askarning böyin qismiga jarohat yetkazişining oldini oliş edi.

Yevropa

Mintaqada galstukning ilk prototipi 1635 yilda paydo bölgan.

Fransiya qöşinlari tarkibida bölgan xorvatlar Usmonli turklar imperiyasi bilan bölgan töqnaşuvda ğalaba qozongaç, Parijga tantanali marş bilan kirib kelişadi. Xorvat ofitserlari yorqin ranglardagi matolarni böyinlariga boğlab olişgan bölib, bu parijliklarning diqqatini darhol tortadi. Fransuzlar xorvatlardan bu nimaligini sörab murojaat qilganda, xorvatlar kimligimizni söraşyapti, deb öylab, xorvat (croates) deb javob berişadi. Natijada böyinga boğlanadigan mato Yevropa tillariga «kravat» tarzida kirib keladi.

Fransuz qiroli Lyudovik XIV ham bu atributga qiziqib qoladi va özi ham şoyi mato parçasini böyniga boğlab yurişni odat qiladi, köplab fransuzlar ham qirolga taqlid qila boşlaşadi.