Kovid, kovidli so‘zi koronavirusning rasmiy nomi – COVID-19`dan olingan bo‘lib, shu kasallikka chalingan bemorga nisbatan ishlatiladi. COVID-19 so‘zini yozishni bilmaydiganlar ham bu so‘zdan foydalanadi. Bemorlarga nisbatan «kovidli» so‘zini ishlatishda ehtiyotkor bo‘lgan ma'qul, chunki bu so‘z ancha qo‘pol eshitiladi.

Kovidiot pandemiyaga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘lmaydiganlarga qo‘llaniladi. Bunday toifadagi insonlar feyk xabarlarni tarqatishadi, o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish tartibiga amal qilishmaydi. Shuningdek, koronavirus atrofida aylanib yuruvchi fitna nazariyalarini ilgari surishadi.

Kovid-dissident – kovidiotning bir turi. OIV/OITS- dissidentlar ham bo‘lib, ular OITS borligiga ishonishmaydi. Hukumat va farmkompaniyalar shunchaki odamlarni zaharlayapti, degan fikrda. Kovid-dissidentlar virus bilan zararlanganlar aslida boshqa kasallikka chalinishgan, deb o‘ylashadi. Aslida mavjud bo‘lmagan epidemiyani bashorat qilgan Bill Geytsni esa safsatabozlikda ayblashadi.

Koronaskeptiklarda ham virus haqidagi ma'lumotlarga to‘liq ishonch yo‘q, shunga qaramay ular fitna nazariyalarini qo‘llab-quvvatlashmaydi. Ularning fikricha, muammolar ko‘lami kengayib ketaversa, yanada qattiq chora-tadbirlarni qo‘llamaslik kerak. O‘z-o‘zini izolyatsiyalash majburiy chora emas, har bir kishining shaxsiy qarori bo‘lishi kerak.

Koronaentuziastlar skeptik va dissidentlarga qarshi fikr bildishadi. Ular karantin choralari, jumladan, tibbiy niqobni doimiy taqib yurishni targ‘ib qilishadi.

Koronafeyklar ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda koronavirusga oid vahima uyg‘otuvchi soxta va asossiz xabarlardir. Bunda Bill Geyts va 5G minoralari haqida uydirmalar, o‘zini dezinfeksionist deb tanishtirgan o‘g‘rilar odamlarni gaz bilan zaharlashi to‘g‘risidagi haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan gaplar va boshqalar o‘rin olgan.

Karantikul. Mart oyida hammamiz ta'tilga, karantinga yoki o‘z-o‘zini izolyatsiyalashga o‘tdik. Hech kim nima bo‘layotganini  tushunmasdi. Tushunarsiz holat «karantikul» («karantin» va «kanikul») so‘zi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Koronapanika – odamlarning pandemiyaga nisbatan reaksiyasi. Supermarketlarda oziq-ovqatlar taqchilligi, soxta xabarlarning tarqalishi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bashoratlar vahimaning natijasidir.