Ilm-fan rivojlanmagan paytda bu holat turliça talqin qilingan: öliklar dunyosining tiriklarga berayotgan xabari, epidemiya va uruşlar boşlanişidan avval tabiatning insoniyatga beradigan ogohlantirişi va hokazo...

Ammo qutb yoğdusi – yomğir, tuman, qor singari tabiat hodisalaridan biri bölib, tabiat kuçlarining muayyan harakati asosida sodir böladi.

Jarayon qanday hosil böladi?

Quyoşdan kelgan plazma (erkin elektronlar va protonlar) Yerning magnitosfera qatlamiga urilganida, ular magnit yoylari böylab Yerning qutblari tomonga harakatlanadi. Qutblarda magnit yoylar atmosferaga juda yaqin joylaşgani uçun Quyoş zarraçalari atmosferadagi kislorod, azot va boşqa gazlarga uriladi. Töqnaşuvlar natijasida gaz atomlaridan katta miqdordagi energiya yoruğlik körinişida otilib çiqadi. Umumiy tasvirda esa biz bilgan gözal va qörqinçli şimol yoğdulari hosil böladi.

Aslida yoğdularni faqat şimolda emas, janubiy qutbda ham kuzatiş mumkin. Şuning uçun hodisani qutb yoğdulari deb ataş töğriroq böladi. Quyoş çaqnaşi qançalik kuçli bölsa, yoğdular şunçalik katta böladi.

Qaçon va qayerda köriş mumkin?

Qutb yoğdusi aynan qaysi paytda hosil bölişini oldindan prognoz qiliş qiyin, çunki bu quyoş faolligidan kelib çiqqan holda sodir böladi.

Olimlarning taxminiy hisob-kitoblariga köra, kuzgi va bahorgi teng kunlik oraliği – 21 sentyabrdan 21 martga qadar şimol yoğdusi kuzatiladigan mavsum sanaladi. Yilning bu vaqtida şimoliy kenglikda erta kun botadi.

Qutb yoğdusi aniq körinadigan hudud 67-70 darajadagi şimoliy kenglik hisoblanadi. Ya'ni bu Alyaska hududidan Skandinaviya yarimoroligaça bölgan joydir. Finlyandiya şimol yoğdusi eng faol kuzatiladigan hudud hisoblanadi – bu yerda har tört keçaning uçtasida qutb yoğdusini tomoşa qiliş mumkin.

Quyoş faolligi yuqori bölgan vaqtlarda qutb yoğdusini Şotlandiya, Rossiyaning markaziy hududlarida ham kuzatiş imkoni böladi.

Qiziqarli jihati, qutb yoğdusini kuzatganlar uning ovozi borligini ta'kidlaşadi. Diqqat bilan quloq solganda yoğdu taralayotgan çoğda şitirlaş va darz ketiş tovuşlariga öxşaş ovozni ilğaş mumkinligi aytiladi.