Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy «Beydou-3» navigatsiya tizimini shakllantirishni yakunladi
Xitoy 23 iyunda “Beydou-3” sun'iy yo‘ldosh navigatsiya tizimini yaratishni yakunladi. Endi tizim geostatsionar, geosinxron va o‘rta yer atrofi orbitalarida joylashgan 35 ta sun'iy yo‘ldoshga ega bo‘ldi.
Long March 3B raketasi tizimning oxirgi sun'iy yo‘ldoshi bilan Sichan kosmodromidan uchirilgan. U qurilmani belgilangan orbitaga olib chiqqan. Sun'iy yo‘ldosh esa orbitada quyosh panellarini muvaffaqiyatli ochgan.
“Beydou” tizimi Xitoyda 2000 yilda yaratila boshlangan. O‘shanda orbitaga Xitoyning birinchi navigatsiya sun'iy yo‘ldoshi chiqarilgan. Ushbu loyiha doirasida Xitoy orbitaga 4 ta sun'iy yo‘ldosh chiqargan. 2007 yildan esa “Beydou-2” tizimini shakllantirish boshlangan. 2012 yil dekabrida bu tizim mintaqaviy pozitsiyalash tizimi sifatida foydalanishga kiritilgan, undagi sun'iy yo‘ldoshlar 16 tani tashkil qilgan. “Beydou-3” tizimining ilk sun'iy yo‘ldoshi esa 2017 yilda orbitaga chiqarilgan, asosiy guruhning shakllantirilishi 2019 yil oxirida yakunlangan.
Tizimning ochiq signali 2 metrgacha aniqlikda, harbiylar uchun mo‘ljallangan shifrlangan signali esa 10 santimetrgacha aniqlikda pozitsiyalashni ta'minlaydi.
Ayni vaqtda dunyoda shunday tizimlardan uchta mavjud bo‘lib, bular Rossiyaning GLONASS, AQShning GPS va Yevropaning Galileo tizimlaridir.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026
Xitoy muvaffaqiyatli raketa parvozidan keyin uning busterini qaytarib oldi
11:50 / 10.07.2026