Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy kompaniyasi koronavirusdan vaksinaning yakuniy sinovlarini BAAda o‘tkazadi
Xitoyning koronavirusdan birdaniga ikkita vaksina ishlab chiqayotgan China National Biotec Group (CNBG) kompaniyasi BAAda vaksina sinovining uchinchi – yakuniy bosqichini o‘tkazishga ruxsat olganini ma'lum qildi.
South China Morning Post nashrining xabar berishicha, kompaniya ishlab chiqilayotgan ikkita vaksinadan aynan qaysi biri BAAda sinalishiga aniqlik kiritmagan.
Sinovlarning avvalgi bosqichlarida CNBG’ning ikkala vaksinasi Xitoyda 2 ming kishiga kiritilgan.
OAVning eslatishicha, ayni vaqtda dunyoda koronavirusdan o‘nlab vaksinalar ishlab chiqilmoqda. Biroq ulardan hali birortasi sinovlarning uchinchi bosqichigacha yetkazilmagan. Bu bosqich uchun minglab ishtirokchilar talab etiladi, tadqiqotlar esa virus keng tarqalgan davlatda, ya'ni tabiiy muhitda o‘tkazilishi lozim.
Xitoyda esa ayni vaqtda kuniga bor-yo‘g‘i bir necha o‘nta kasallanish holati qayd qilinmoqda.
CNBG’dan tashqari, Xitoydan tashqarida vaksinani Clover Biopharmaceuticals hamda Sinovac Biotech Ltd kompaniyalari sinovdan o‘tkazishga tayyorlangan. Jumladan, Clover Biopharmaceuticals ishlab chiqayotgan vaksinaning namunalarini Avstraliyadagi sinovlar ishtirokchilari olgan, Sinovac Biotech Ltd esa vaksina sinovining uchinchi bosqichini Braziliyada 9 ming ko‘ngilli ishtirokida boshlashni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026