Rustam Kamalovga otasidan meros bölib qolgan, Toşkent şahrining Yunusobod tumani 19-mavzesida joylaşgan 32-uydagi 48-xonadon tergov organining asossiz xatlovi va sudning noqonuniy hukmiga binoan, 2009 yilda davlat egaligiga ötkaziladi. 2011 yili auksion savdosiga qöyilgaç, uni Oliy sud mahkamasi 58 million 500 ming sömga sotib olgan. Oila a'zolari haydab çiqarilgandan söng bu kvartira Oliy sud xodimlariga xizmat uyi sifatida berilgan. R.Kamalovning esa şu vaqtgaça adolat istab bormagan idorasi qolmadi.

Nihoyat, 2018 yil 26 yanvarda jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati sudi bu mojaroni kassatsiya bosqiçida körib çiqadi. Şu asno quyi sud hukmini noqonuniy deb topadi va fuqaroga uyini qaytariş töğrisida ajrim çiqaradi. Biroq..

«Aybing şu uy seniki bölgani»

Oradan köp ötmay ğalati voqea röy beradi. Öşa ajrim Oliy sud mahkamasining xöjalik bölimi mudiri, aniqroği, alohida yuridik şaxs hisoblanmagan, taşkilot tarkibiy tuzilmasidagi bölim xodimi imi-jimida kiritgan şikoyat asosida Oliy sudda nazorat tartibida körib çiqildi. Pirovardida R.Kamalovga uyning hozirgi kundagi bahosidan 8-9 barobar kam miqdorda pul qaytarilişi lozim deb topiladi.

Tabiiyki, R.Kamalov yana öz haq-huquqlarini talab qilib, tegişli idoralarga tinimsiz murojaatlar yöllay boşladi. Ammo Oliy sud rahbariyati tomonidan sud qarorlarini özgartiriş yoki bekor qiliş uçun asoslar mavjud emas deb topilgani sababli har safar unga şikoyatlari qanoatlantirilmay qoldirilgani haqida ma'lum qilindi.

Oliy sud nohaq, uy egasiga qaytarilişi şart!

Keyinçalik masalaga Senatning sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi B.Matmuratov xolisona munosabat bildirdi. U R.Kamalovga nisbatan Oliy sud tomonidan adolatsizlik qilinganini röy-rost e'tirof etdi. Özbekiston Respublikasi Inson huquqlari böyiça Milliy markazi ham Oliy sud qator qonun normalariga rioya qilmaganini ta'kidlab, iş böyiça odilona qaror qabul qilinişida amaliy yordam körsatişni sörab, Boş prokuror Niğmatilla Yöldoşev nomiga iltimosnoma