Uy kimga tegişli edi?

Dastlab uyning asl egasi va bu uy qanday qilib undan tortib olingani haqida hikoya qilamiz.

Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon «Faoris» işlab çiqariş tijorat firmasining 1992 yil 31 dekabrdagi 541-sonli ma'lumotnomasiga asosan fuqaro (marhum) Muhsiddin Kamalov nomiga mulk huquqi asosida ötgan. Keyinçalik M.Kamalovning vafotidan söng mazkur xonadon Toşkent şahar Yakkasaroy tuman 1-sonli DNIning 2004 yil 13 apreldagi vorislik hamda meros mulkini taqsimlaş töğrisidagi şartnomalarga asosan öğli R.Kamalovning nomiga davlat röyxatidan ötkazilgan.

Uy egalari öz uylaridan quvib çiqarilgan

Xonadon egalariga mutlaqo aloqasi bölmagan şaxslarga nisbatan olib borilgan jinoyat işi tergovini yuritgan davlat organi tomonidan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadonga taqiq qöyilib, xatlangan va R.Kamalov oila a'zolari bilan asossiz ravişda uydan haydab çiqarilgan. Kamalov va uning turmuş örtoği öşa mudhiş kunni hali-hanuz qörquv va iztirob bilan yodga oladi.

Sabab nima edi?

2003 yilning iyul oyidan 2005 yilning dekabriga qadar davlat uluşi bölgan aksiyadorlik kompaniyalaridan birida boşqaruv raisi lavozimida işlagan A.B. jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi hukmiga asosan, Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 210 hamda öndan ortiq boşqa moddalari bilan ayblanadi.

A.B.ga oid jinoyat işi tergovi davomida unga tegişli ekanligi gumon qilinib, respublikaning turli hududlarida joylaşgan va qarindoşlari hamda taniş-bilişlari nomlariga rasmiylaştirilgan uy-joy, kvartiralar, turli rusumdagi xorijda işlab çiqarilgan qimmatbaho avtomaşinalar, işlab çiqariş korxonalari va hatto zotdor otlar xatlangan. Sudning hukmi bilan yetkazilgan zararni qoplaş uçun davlat egaligiga ötkazilgan.

Musodara qilingan kvartiralar qatorida biz hikoya qilayotgan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon ham bor edi.

Sobiq amaldorning tanişi F.S.ning nomiga rasmiylaştirilgan, degan yangliş xulosa bilan tergov organi xatlagan Yunusobod tumani 19-mavze, 32-uy, 48-xonadon sudning hukmi asosida yetkazilgan zararni qoplaş uçun davlat foydasiga ötkazilgan.