Joriy yil 6 fevral kuni Kun.uz saytida «Xatolik tufayli uyidan haydalgan fuqaro adolat istamoqda. Uyni esa Oliy sud öziniki qilib olgan» sarlavhali maqola e'lon qilingandi. Unda fuqaro R.Kamalovning Toşkent şahri, Yunusobod tumani, 19-kvartal, 32-uy, 48-xonadon noqonuniy ravişda olib qöyilgani va bugungi kunda Oliy sud egaligida qolib, egasiga qaytarilmayotgani haqida söz boradi.
Mazkur maqola e'lon qilingaç, unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Oliy sudi munosabat bildirdi. Mazkur munosabat, fuqaroning murojaatini örganiş jarayonida Oliy sud vakillaridan olingan izohdan deyarli farq qilmasada, boriça e'lon qilinmoqda.
Oliy sud munosabati
«Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2009 yil 20 yanvardagi hukmiga köra, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismining «a», «v» bandlari va boşqa moddalar bilan sudlangan A.B.ga oid jinoyat işi böyiça dastlabki tergovda xatlangan, R.Kamalov nomiga rasmiylaştirilgan, Toşkent şahri, Yunusobod tumani, 19-kvartal, 32-uy, 48-xonadon A.B. tomonidan yetkazilgan zararni qoplaş hisobiga ötkazilgan.
Jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2018 yil 26 yanvardagi ajrimiga asosan hukm özgartirilib, mazkur uy-joy R.Kamalovga qaytarilişi belgilangan.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 229-moddasida, agar mol-mulk sud qarorlarini ijro etiş uçun belgilangan tartibda sotilgan bölsa, mol-mulkni uşbu moddaning birinçi qismida körsatilgan asoslar böyiça talab qilib olişga yöl qöyilmasligi belgilangan.
Biroq, kassatsiya instansiyasi sudi uşbu xonadon sud qarorlarini ijro etiş uçun belgilangan tartibda sotilganini e'tiborga olmagani sababli, Oliy sud Jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atining 2018 yil 20 sentyabrdagi ajrimi bidan kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi özgartirilib, R.Kamalovga mazkur xonadonni Respublika köp tarmoqli Agrosanoat birjasi Toşkent filialining auksion savdosida sotilgan qiymati 58 mln söm (aslida Oliy sud kvartirani 58 mln 500 ming sömga sotib olgan – tahr.) qaytarilişi belgilangan.
Çunki, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 15 iyuldagi 200-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Davlat daromadiga ötkaziladigan mol-mulkni olib qöyiş, sotiş yoki yöq qilib taşlaş tartibi töğrisida»gi Nizomning 57-bandida, mol-mulkni davlat daromadiga ötkaziş töğrisidagi sud qarori yoki vakolatli organ qarori bekor qilinganda mol-mulk yoki uning qiymati qaytarilişi, 59-bandida, agar mol-mulk sotilgan yoki qayta işlaşga topşirilgan bölsa, mol-mulk qiymatini qaytariş moliya organlari tomonidan tegişli budjet mablağlaridan va davlat organlarining tegişli hisob raqamlaridan ilgari mablağlar taqsimlangan ayni bir foiz nisbatida mol-mulk qiymatini tölaş töğrisidagi ariza berilgan kundan boşlab ön kun muddatda amalga oşirilişi belgilangan.


















