Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei Buyuk Britaniyada ilmiy-tadqiqot markazi quradi
Kompaniya loyihaning birinchi bosqichiga 1 milliard funt sterling (1,24 milliard dollar) investitsiya kiritadi.
Xitoyning Huawei kompaniyasi Britaniyaning Kembrij shahrida ilmiy-tadqiqot markazi qurishga ruxsat olganini xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, kompaniya loyihaning birinchi bosqichiga 1 milliard funt sterling (1,24 milliard dollar) investitsiya kiritadi.
Huawei Kembrijdagi 500 akr (200 gektarga yaqin) yerni 2018 yilda olganini va 25 iyun kuni mahalliy kengash loyihani amalga oshirishga ruxsat berganini ma'lum qildi.
Ilmiy-tadqiqot markazi elektron-optik qurilmalarni tadqiq qilish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Ushbu majmua to‘liq ishga tushganidan so‘ng Huawei kompaniyasining optik elektronika sohasidagi xalqaro shtab-kvartirasiga aylanadi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026