Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroillik harbiylar Falastin vaziri kortejini belgilangan manzilga o‘tkazishmadi
Isroillik harbiylar Iordan vodiysida Falastin bosh vaziri Muhammad Shtayye va unga hamrohlik qilgan falastinlik vazirlar bo‘lgan avtomobillar kortejini belgilangan manziliga o‘tkazishmagan. Bu haqda Al-Quds nashri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Falastin hukumati kolonnasi Isroilning Iordan vodiysini anneksiya qilish rejalariga qarshi kurashishni muhokama qilgani Fasail qishlog‘iga yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Harbiylar avtomobillarni to‘xtatib, falastinlik amaldorlarga yo‘llarini davom ettirishga to‘sqinlik qilishgan. Shunga qaramay, Shtayyo va boshqa vazirlar qishloqqa piyoda yo‘l olishgan va yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
May oyida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil suverenitetini 1 iyuldan “Iudeya va Samariyaga (Isroilda Iordan vodiysi shunday ataladi) joriy qilishni” boshlashga va'da bergan. AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Isroil-Falastin mojarosini hal qilish bo‘yicha taklif qilingan “asr kelishuvi”ga ko‘ra Falastinga vodiyning Isroilga o‘tishiga o‘z munosabatini ishlab chiqishga 4 yil berishga va'da berilgan.
Ta'kidlash joiz, BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolaridan faqatgina AQSh Isroil rejalarini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026