Jurnalistdan çiqqan andijonlik hokim - bolalarni paxtaga çiqarmagani, dam oliş kunlari joriy etgani haqida
|16:50 / 25.06.202031 1768 min
Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni oldidan muxbirlik, muharrirlikda şakllanib, Oltinköl tumani hokimi, viloyat hokimi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan, ayni paytda Özbekiston jurnalistlar ijodiy uyuşmasi Andijon viloyati bölimi rahbari, ustoz jurnalist Nazirjon Saidov bilan suhbat qurdik.
Nazirjon Saidov 1970-1980 yillarda Andijon va Oltinköl tuman gazetalarining boş muharriri lavozimlarida işlab, söng Oltinköl tuman ijroiya qömitasi raisi örinbosari, «Oltinköl» kolxozi raisi, 1990-1993 yillarda esa Oltinköl tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan.
Jurnalistikadan hokimlikka ötiş
Nazirjon Saidov bilan u ayni kunlarda faoliyat olib borayotgan Andijon jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimida uçraşdik.
«Tursunboy Abdusamatov degan jurnalist qöşnimiz bölgan. Şu inson tufayli jurnalistikaga qiziqib, tuman gazetalariga maqola, şe'rlar jönatardim. Yoşligimda yozgan ikki qator şe'rim bu sohaga çuqur kirib ketişimga sabab bölgan.
Bir havaskor şoir öz şe'riga
Sarlavha qöyibdi – «Gözal lolazor».
Qizil qalam bilan tekşirib körsam,
Xatodan şe'r böldi göyo «lolazor».
Öşa paytdagi jurnalistlarga mana şu şe'rim ma'qul kelib, «Sendan yaxşi tanqidçi, yaxşi jurnalist çiqadi», deyişgan. Özim ham publitsistikaga juda qiziqardim.
Yaxşi niyat bilan Toşkent davlat universitetining jurnalistika fakultetiga kirib öqidim. 1976 yili Andijon tumani gazetasida boş muharrir böldim. 1979 yilda Oltinköl tuman gazetasini taşkil qildik.
1985 yillarda tuman ijroiya qömitasi raisi örinbosarligiga taklif etişdi. Bir muddat yangi taşkil etilgan jamoa xöjaligida rais bölib işlaganman.
Mavzuga oid
90-yillarda demokratik jarayon kuçli edi. Tumanda partiya konferensiyasi böldi. Unda tuman hokimini saylaş kun tartibiga qöyilgan bölib, bir neça nomzodlar qatorida mening ham nomzodim bor ekan. Yiğilişda viloyat prokurori Böritoş Mustafoyev ham qatnaşayotgan edi. Men örnimdan turib: «Böritoş aka, mana siz viloyat hokimligidan kelgan vakilsiz, nomzodlar içida mendan uç-törtta köylakni köp kiygan, tajribali, salohiyatli insonlar bor. Şuning uçun öz nomzodimni olaman», dedim.
Konferensiyada Toşkentdan kelgan vakillar ham ötirgan ekan, ular biri: «Hozir bizda demokratiya. Nomzodingizni olib qöya olmaysiz. Ovoz beruvçilarni istak-hoxişiga qaraladi», deya javob berdi.
Qarangki, köpçilik ovozi menga berilib, hokim bölib saylandim.
Öşa yillarida şaroit oğir va notinç edi. Bir kun Farğonada töpolon bölsa, keyin Öş bilan çegarada salbiy hodisa röy berardi. Asosan muhofaza bilan şuğullanganmiz. Şunday bölsa-da xöjalik yuritiş, maktab, kasalxonalar taşlab qöyilmagan.
Öşa oğir yillarda oddiy xalqning maktab quriş talabi bilan çiqib, kelajagini öylaganini eslasam, közimga yoş keladi. Çekka qişloqlarda 6ta maktab qurganmiz», deydi Nazirjon Saidov.
«Avvaliga ba'zi qarorlarim ustidan kulişgandi»
«Töliq 4 yil tumanga rahbarlik qildim. Afandimijoz işlar ham bölgan. Yoşligimdan öquvçilarning bilim olişi örniga dalaga, paxtaga çiqişiga juda qarşi edim. Hokim bölgan yilim: «Maktab bolalari paxtaga çiqmaydi, xalqning içida işçi kuçi yetarli, özimiz terib olamiz», deb qaror qabul qilib, bu fikrimga viloyat hokimligini ham işontira oldim.
Tumanda bir dona kasb-hunarga örgatadigan «uçilişe» bölardi. Ularni ham paxtaga çiqarmasdan, Xöjaobod tumaniga olma tergani jönatib yubordim. Qarorlarim jiddiy tanqidga uçragan, qarşilik qilişgan. Biroq rejalar zör bajarilib, yuzimiz yoruğ bölgan. Tuman men rahbarlik qilgan yillar barça sohalarda doim viloyatda eng oldingi qatorlarda yurardi.
Bu juda oddiy tahlillarim asosida amalga oşirilgan işlar edi. Xöjalik yuritişda ikki-uçta omillarni samarali hisob-kitob qilib körganman va natija bergan. Tumanda qişloq xöjaligida işlaş uçun aholi soni yetarli edi. Öşa paytlarda Andijon şahrining tumanga yaqin joylarida yaşaydiganlar ham tumanimizga paxta tergani haşarga çiqişardi. Yetiştirilgan paxtani tergani çetdan işçi kuçi, yordamçi olib kelmaganmiz. Texnikaga katta e'tibor berganmiz. Tajribamiz öz samarasini bergan.
Xalqning içida ham: «Bu hokim işni eplab ketarmikin. Qarorlari juda ğalati...» deb işonmaganlar, tanqid qilib maqola yozganlar ham bölgan. Söng xöjalik yili oxirida odamlarning qöliga pul tekkaç, yordamçisiz, haşarçisiz paxtani terib, rejani bajariş mumkinligini isbotlaganimizdan keyin öşa işonmaganlar uzr ham söragan.
Demoqçimanki, xalqimizga yangilikni singdirişda jurnalistligim qöl kelgan. Çunki xalq jurnalistlarga, gazetada, internetda çiqqan ma'lumotlarga işonadi», – deydi u.
«Tumanda qişloq xöjaligi xodimlari ham şanba-yakşanba dam olişgan»
90-yillargaça hokimlik xodimlari, kolxoz pravleniyelari vakillari, brigadalar a'zolari şanba-yakşanba kunlari ham işga çiqardi. Nazirjon Saidovning aytişiça, u tuman hokimligida şu holatga barham bergan.
«Bu ham yurak amri bilan bölgan. Tumanning katta kengaşida: «Bugundan boşlab, şanba-yakşanba kuni barça tumandagi mas'ullar ham, jamoa xöjaligi a'zolari ham dam oladi. Faqat kultivatsiya davri ötib ketmasligi uçun kultivatsiya qilayotgan traktorçi, suv qöyayotgan suvçi zarur bölsa işga çiqadi», deb e'lon qildim.
Axir inson degani qulday dam olmay işlaşi mumkin emas-ku?! Öşa paytda bu ğalati holat edi. Odamlar öz haqqini bilib, dam olişni boşlaşdi. Ular faqat xursand bölişdi. Özi aslida har doim şunday bölişi kerak edi.
Hozir Oltinkölning qaysi mahallasiga borsam, odamlar yoruğ yuz bilan kutib olişadi. Mana şuning özi menga berilgan eng yuksak baho bölsa kerak».
«Jurnalistika – el suygan kasb»
«Jurnalistlarni kuzatib boraman. Ular içida nafaqat hokimlik, boşqa mas'ul lavozimlarda katta muvaffaqiyat bilan işlab ketişi mumkin bölganlar juda köp. Biz işlagan paytlarda qiyinçiliklar bor edi. Hozir özgarişlar katta. Bemalol işlab ketişadi. Faqat jurnalistlarga işoniş kerak.
Bizning kasbimiz – el suygan kasb. Odamlar adolatsizlikka duç kelsa, u taşkilotdan bu taşkilotga yugurib işi bitmasa, oxiri jurnalistning oldiga keladi. Şu bilan fuqaro özini aldagan yoki jabr ötkazgan rahbarni, mutasaddini boşqalarga ham şunday qilmasligi uçun «jurnalist şu «kattakonni» uyaltirib qöyarmikin?» deb fikr qiladi. Fuqarolarning oxirgi umidi jurnalistdan böladi.
Jurnalist rostgöy bölişi, doim haqiqatni gapirişi va yozişi kerak. Yurtni yaxşi yutuqlarini tarannum etişi bilan birgalikda uning kamçiliklarini ham röy-rost kötarib çiqişi kerak.
Jamiyatning kamçiligi xuddi bir dardga öxşaydi. U vaqtida davolanişi uçun matbuot bong urişi va tezroq mana şu kasallikdan foriğ bölişga urinişi – jurnalistlarning burçi. Jurnalistlar jamiyatning şifokoridir.
Kimdir matbuot xodimiga nisbatan «tirnoq içidan kir qidiryapti», deb öylasa, bu öşa odamning özining saviyasi haminqadarligidan dalolat», – deydi Nazirjon Saidov.