Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda koronavirus avj ola boshladi. Shaharlarga favqulodda holat rejimi qaytarilishi mumkin
Qirg‘izistonda koronavirus yana avj ola boshlagani tufayli hukumat yana bir necha oblast va shaharlarda favqulodda holat rejimini joriy etishi kutilmoqda. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Madamin Karatayev ma'lum qildi.
«Ayni vaqtda Chuy viloyatida, Bishkekda, O‘sh viloyatida va O‘sh shahrida vaziyat juda keskinlashdi. Bugun respublika shtabi yig‘ilishida favqulodda holat rejimini qaytarish masalasi muhokama qilinadi va barcha omillardan kelib chiqqan holda qaror qabul qilinadi», degan vazir o‘rinbosari maxsus brifingda.
24 iyun kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov Moskvaga harbiy paradga borganida o‘ziga hamrohlik qilgan ikki kishida virus aniqlangach, Bishkekka qaytgandi, u endi bir necha kun o‘zini ihotalash rejimida bo‘ladi.
«Bugun nafaqat prezident administratsiyasida, balki boshqa davlat muassasalarida ham kasallanish holatlari aniqlandi. Shuning uchun davlat xizmatchilari masofadan ishlash rejimiga o‘tishadi. Oq uy yopilishi masalasi ham ko‘rib chiqiladi», degan Karatayev.
Qirg‘iziston hukumati o‘tgan haftada kasallik tarqalishi yana tezlashgani tufayli karantin choralari kuchaytirilishi mumkinligidan ogohlantirgandi.
Qirg‘izistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holat 20 mart kuni aniqlangandi, shu vaqtgacha qayd etilgan holatlar soni 3954taga yetgan, shundan 43 bemor vafot etib, 2112 bemor tuzalib chiqqan.
Iyun oyi boshida kunlik o‘sish tempi pasaygandi - 1 iyun kuni 69 holat qayd etildi va bu keyingi ikki hafta davomida eng yuqori holat bo‘lib qoldi, 13 iyun kuni 41 holat aniqlandi, 14 iyun kuni 78 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi hamda shundan keyin kunlik holatlar soni o‘sishni boshladi.
18 iyun kuni mamlakatda 95ta holat qayd etilgandi, 19 iyun kuni kasallanish holatlari soni 132tani tashkil qildi va shundan buyon faqat o‘sish kuzatilmoqda (kunlik o‘sish yuzdan ko‘p) - 23 iyun kuni 163, 24 iyun kuni 207 holat qayd etildi, bugun tongda esa bemorlar soni birato‘la 228taga o‘sdi va hozirdan kunlik o‘sish bo‘yicha eng yuqori natija qayd etildi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026