Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyani Yevropada tiyib turish uchun 3,8 mlrd dollar ajratishi mumkin
O‘tgan yili "Yevropa tiyib turish tashabbusi" dasturi uchun 6,5 mlrd dollar ajratilgandi.
AQSh mudofaa budjetining keyingi moliyaviy yil (1 oktyabrdan boshlanadi) uchun loyihasida "Yevropa tiyib turish tashabbusi" dasturi uchun 3,8 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Kongress vakillar palatasining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Adam Smit tayyorlagan hujjatda ana shunday taklif berildi.
Hujjatda "Rossiyani tiyib turish uchun "Yevropa tiyib turish tashabbusi" dasturini moliyalashtirishga 3,789 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Smitning so‘zlariga ko‘ra, loyiha budjeti "Rossiyaning Qrim ustidan suverenitetini tan oladigan har qanday faoliyatni moliyalashtirishga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi", "Rossiya bilan harbiy hamkorlikni cheklaydi". Bu yerda gap ikki mamlakat mudofaa vazirliklarining Suriyadagi aloqa kanali haqida bormoqda.
O‘tgan yili "Yevropa tiyib turish tashabbusi" uchun 6,5 mlrd dollar ajratilgandi.
Kelasi haftada Smit rahbarligidagi qo‘mita mazkur budjet loyihasini ko‘rib chiqadi. So‘ngra hujjat vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
10:55
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
10:48
AQShning Eronga zarbalari oltinchi kecha ham davom etdi
10:42
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40