Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Go‘sht zavodida koronavirus o‘chog‘i aniqlanganidan so‘ng prokuratura Germaniyaning «kolbasa qiroli»ni tekshirishni boshladi
1500dan ortiq ishchida koronavirus aniqlanganidan so‘ng zavod yopildi va 640 ming kishi yashaydigan hududda karantin joriy etildi.
Germaniyaning Reda-Videnbryuk shahridagi go‘shtni qayta ishlash zavodining 1500dan ortiq ishchisida koronavirus aniqlangach, prokuratura tekshiruv boshladi, deb xabar berdi Bloomberg. Mamlakatdagi eng yirik infeksiya o‘chog‘iga aylangan korxona «kolbasa qiroli» nomi bilan tanilgan milliarder Klemens Tyonnisga tegishli (boyligi 2,2 mlrd dollar).
Asosan kam oylikka ishlovchi sharqiy yevropalik ishchilarda koronavirusga testlar musbat chiqqan, deb yozadi Bloomberg. Ushbu holat oqibatida zavodni yopishga va 640 ming kishi yashaydigan hududda karantin joriy etishga to‘g‘ri keldi. Agentlikning qayd etishicha, bu Germaniya inqirozdan keyin o‘z iqtisodiyotini qaytadan yo‘lga tushirishga harakat qilayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.
«G‘azabimiz oshmoqda. Jonivorlar, ishchilar va atrof-muhitga zarar yetkazgan Tyonnis ko‘p yillar davomida javobgarlikdan qochib keldi. Biz to‘ydik», — dedi Reda-Videnbryuk merligiga da'vogarlik qilayotgan yashillar partiyasi vakili Sonya fon Zons.
Qayd etilishicha, ayrim siyosatchilar karantin choralari bilan bog‘liq mablag‘larni Tyonnisdan undirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq biznesmenning o‘zi kelgusi yildan ishchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yollashi va ular uchun yangi yotoqxonalar qurib berishini aytgandi. Milliarder shuningdek, karantindagi ishchilarning oziq-ovqati uchun pul to‘lashini va hududda koronavirusga test o‘tkazishga mablag‘ ajratishini aytgandi.
Germaniya go‘shtni qayta ishlash sanoatida 200 mingga yaqin kishi ishlaydi. Ularning ko‘pchiligi Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan bo‘lib, umumiy yotoqxonalarda yashaydi.
Mavzuga oid
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026
Audi yangi avlod A6 Allroad’ni taqdim etdi
20:04 / 17.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari bir qator iqtisodiy loyihalarni ishga tushirdi
10:05 / 17.06.2026