JSSTda koronavirusdan samarali vaksina yaratilishi 31 mlrd dollardan ko‘proqqa baholandi
Bir yil davomida koronavirusdan samarali va hamyonbop vaksina ishlab chiqish uchun 31 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ talab etiladi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida ma'lum qilindi.
“Keyingi 12 oy ichida koronavirusga qarshi samarali bo‘ladigan dori vositalarini ishlab chiqish uchun 31 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ talab etiladi”, deyilgan xabarda.
JSST rahbari Tedros Gebreyyesusning ma'lum qilishicha, hozirda dunyoda koronavirusdan 200 ta vaksina ishlab chiqilmoqda va sinalmoqda.
Uning ta'kidlashicha, kasallikka samarali qarshi kurashish uchun juda katta ko‘lamda va qisqa muddatlarda amaliy vaksina talab etiladi.
JSSTning bosh ilmiy xodimi Sumii Svaminatanning ta'kidlashicha, samarali vaksinani ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayoni odatda 10 yilga yaqin vaqt oladi. Biroq hozirgi sharoitlarda JSST bunga o‘rtacha 12 oy, eng ko‘pi bilan esa 18 oy vaqt ajratmoqda.
Mavzuga oid
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024