O‘zbekiston | 17:02 / 29.06.2020
44402
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari keskin o‘sib, qariyb 8200ga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 83 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 29 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 8199 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 151 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 9 nafari Buxoro viloyati (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida)  va yana 1 nafari Jizzax viloyatida karantindagi fuqarolar orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 251ta yangi holat aniqlandi (bu kunning bu vaqtigacha qayd etilgan holatlar bo‘yicha eng yuqori natija, kunlik rekord esa 25 iyun kuni qayd etilgan - 276 holat), Toshkent va Surxondaryoda jami 97 bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5426 nafarga yetdi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda 2750 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid