Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing Norvegiya aviakompaniyasi bilan tuzilgan 10,6 mlrd dollarlik shartnomani qo‘ldan chiqardi
Norvegiyaning Norwegian Air aviakompaniyasi AQShning Boeing kompaniyasi bilan tuzilgan 10,6 mlrd dollarlik shartnomani bekor qildi.
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, aviakompaniya Boeing’ga 97 ta samolyot xaridi uchun tuzilgan kelishuvni bekor qilganini ma'lum qilgan. Shartnoma doirasida aviakompaniya 92 ta Boeing 737 Max va 5 ta Boeing 787 Dreamliner samolyoti olishi kerak bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, aviakompaniya koronavirus pandemiyasi sababli reyslar bekor qilingandan keyin restrukturizatsiya o‘tkazmoqda va yetkazib berilmagan samolyotlar uchun to‘langan pullarning qaytarilishi bo‘yicha sudga ariza topshirgan.
Bundan tashqari, Norwegian Air AQSh kompaniyasidan Boeing 737 Max samolyotlari bilan 2 ta aviahalokat yuz bergandan keyin ularning parvozi to‘xtatilgani uchun kompensatsiya olishni mo‘ljallamoqda.
Mavzuga oid
07:48
Jahon aviabozoridagi talab: Boeing va Airbus’ning 2025 yilgi buyurtma kitobi
11:17 / 20.10.2025
Hongkongda Boeing uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi va dengizga quladi
09:02 / 23.09.2025
O‘zbekiston Boeing bilan sheriklikni kengaytiradi
08:26 / 23.09.2025