Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi "Noşirlik faoliyati töğrisida"gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan işlab çiqilgan hujjatga köra, noşirlik faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
noşirlik faoliyatining erkinligi;
kitobxonlik madaniyatini ommalaştiriş va oşiriş;
mualliflik huquqlarini himoya qiliş;
noşirlik faoliyati erkinligini suiiste'mol qilişga yöl qöymaslik.
Noşirlik faoliyati sub'yektlari öz faoliyatida, şu jumladan mavzuni, ixtisoslaşuvini, işlab çiqariş kooperatsiyasini aniqlaşda, mualliflarni tanlaşda, adadlarni, noşirlik mahsulotining narxini belgilaşda, özaro aloqalarning, işlab çiqaruvçilar va yetkazib beruvçilar, şuningdek boşqa taşkilotlar bilan aloqalarning şakllarini belgilaşda mustaqildir.
Davlat organlari va jamoat birlaşmalari mansabdor şaxslari tomonidan, agar ular naşr muallifi bölmasa, noşirlardan materiallarning oldindan kelişib olinişini, matnni olib taşlaşni yoki uning ayrim qismlarini tuzatişni talab qilişiga yöl qöyilmaydi. Naşrga tayyorlangan qölyozmalarni va materiallarni senzuradan ötkazişga yöl qöyilmaydi.
Davlat, noşirlar, noşirlik mahsulotini tayyorlovçilar hamda tarqatuvçilar kitobxonlik madaniyatini ommalaştirişga va oşirişga kömaklaşadi.
Kitobxonlik madaniyatini ommalaştiriş va oşiriş quyidagilar orqali amalga oşiriladi:
kitobxonlikni tarğib qiliş uçun qulay axborot makonini şakllantirişga kömaklaşiş va ijtimoiy ahamiyatga molik adabiyotdan foydalanişni ta'minlaş;
milliy va jahon adabiyoti klassiklarining eng yaxşi asarlarini çop etiş va tarqatiş, şuningdek ulardan kitobxonlarning foydalanişini ta'minlaş;
jamoatçilik ongida kitobning qimmati va ahamiyati töğrisida barqaror tasavvurlarni şakllantiriş;
aholining barça qatlamlarini, avvalo yoşlarni kitobxonlikka jalb etiş.
Noşirlik faoliyatida mualliflik huquqlarini himoya qilişning asosiy vazifalari mualliflik huquqlariga rioya etilişini ta'minlaşdan, şuningdek kontrafakt mahsulotni işlab çiqariş va tarqatişga qarşi kuraşişdan iboratdir.












