O‘zbekiston | 01:06 / 30.06.2020
34291
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi bozorlarning tozalik kunlari jadvali e'lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK boshqaruvidagi 20ta bozor va savdo kompleksi uchun belgilab olingan tozalik kunlari jadvalini taqdim etdi.

Foto: KUN.UZ

Ma'lum qilinishicha, tozalik kunida bozor va savdo kompleksi to‘liq yopilib, sanitariya-epidemiologik tadbirlar, shu jumladan kuchaytirilgan tarzda (total) dezinfeksiya o‘tkaziladi.

Tozalik kunlari jadvali:

  • Dushanba — «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ, «Chorsu buyum savdo kompleksi» AJ, «Aviasozlar dehqon bozori» AJ, «Chilonzor dehqon bozori» AJ, «Eski Juva dehqon bozori» AJ, «Yunusobod dehqon bozori» AJ, «Bek to‘pi savdo kompleksi» MChJ, «Parkent universal savdo kompleksi», «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» MChJ, «Iste'molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» MChJ
  • Seshanba — «Mirobod dehqon bozori» AJ, «Sirg‘ali dehqon bozori» AJ, «Farhod dehqon bozori» AJ, «Qo‘ylik dehqon bozori» AJ
  • Chorshanba — «Askiya dehqon bozori» AJ, «Navro‘z dehqon bozori» AJ, «Qoraqamish dehqon bozori» AJ
  • Juma — «O‘rikzor savdo kompleksi» MChJ
  • Yakshanba «Oloy dehqon bozori» AJ, «Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori» AJ (yakshanba kuni soat 12:00dan 20:00gacha)

Eslatib o‘tamiz, har haftada bir marotaba bozorlar yopilib, ularda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan belgilangan edi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid