Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi
«Axborot hisoblash markazi» unitar korxonasi direktori tayinlandi.
Ikrom Jumaniyozov Moliya vazirligi «Axborot hisoblash markazi» unitar korxonasi direktori lavozimiga tayinlandi.
Moliya vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Ikrom Jumaniyozov 1985 yil Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2008 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini, 2011 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
U o‘z faoliyatini Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Banklararo hisob-kitob markazi xalqaro hujjatli operatsiyalar boshqarmasida Eksport akkreditivlari va kafolatlar bo‘limi ikkinchi toifali mutaxassisi sifatida boshlagan.
2013-2015 yillarda Moliya vazirligi G‘aznachiligi Metodologiya moliyaviy resurslar va hisoblarni boshqarish boshqarmasi Budjetning g‘azna ijrosi metodologiyasi bo‘limining bosh mutaxassisi. 2015 yilda Moliya vazirligi Valuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasining Eksportdan tushadigan daromadlarni rejalashtirish va monitoring qilish bo‘limining bosh iqtisodchisi lavozimida, keyinchalik ushbu boshqarmaning Jamlama-tahlil valuta bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2016 yilda Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasining Nazorat bo‘limi boshlig‘i, 2017-2018 yillarda Moliya vazirligi Jamlanma axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.
Ikrom Jumaniyozov tayinlovga qadar Moliya vazirligi Ijro nazorati va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Mavzuga oid
16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi
20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi
11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida
15:14 / 21.11.2022