Jamiyat | 11:17 / 01.07.2020
2697
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydan terminallar olib kelishni va'da qilib, 26 ming dollar olgan yigitga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Toshkentda firibgarlik fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Yunusobod tumani IIO FMBga 34 yoshli M.X. murojaat qildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati. 

Uning xabar berishicha, 2017 yil may oyida o‘zini fermer xo‘jaligi rahbari sifatida tanishtirgan yigit Xitoydan 200 to‘plam mobil terminallar olib kelishini va'da qilgan. Ularni xarid qilish uchun M.X. 26 ming AQSh dollari bergan.

Ammo yigit terminallarni ham, pullarni ham bermagan. Shu bois arizachi unga nisbatan chora ko‘rishni so‘radi. Ichki ishlar organlari xodimlari uning shaxsini aniqladilar.

Ma'lum bo‘lishicha, 28 yoshli M. pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Pullarni begonalarga notarial shartnomasiz berishga shoshilmang”, - deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid