10:57 / 02.07.2020
45201

2020-2021 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh ta'lim yo‘nalishlari tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta'lim yo‘nalishlarining ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxatda muayyan magistratura yo‘nalishiga qaysi bakalavr yo‘nalishlari bitiruvchilari topshira olishi ko‘rsatilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta'lim muassasalari magistratura mutaxassisliklari va ularga muvofiq keluvchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari ro‘yxati:

Barcha bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bitiruvchilari 2020/2021 o‘quv yili uchun magistraturaga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta'lim yo‘nalishlarining ro‘yxatiga kiritilmagan bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklar, shuningdek, “Chaqiriqqacha harbiy ta'lim”, “Xoreografiya (turlari bo‘yicha)”, “Dirijyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Rejissyorlik (turlari bo‘yicha)”, “Aktyorlik san'ati (turlari bo‘yicha)”, “Veterinariya” ta'lim yo‘nalishlari negizidagi mutaxassisliklardan tashqari istalgan magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashish huquqiga ega.

Magistratura mutaxassisligiga mos bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarini bitirgan bakalavrlardan tashqari, boshqa bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari bitiruvchilari davlat grantlari asosida belgilangan maqsadli qabul parametrlari mavjud magistratura mutaxassisliklarida tanlovda qatnasha olmaydilar.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top