«E-IJRO AUKSION»: qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik yo‘lida
O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash, xufiyona iqtisodiyotga barham berish, davlat va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlikni ta'minlash bo‘yicha qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»dagi 3149-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha qonuniylik, shaffoflik va xolislikni ta'minlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste'molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni realizatsiya qilishda korrupsiyani, davlat mulkini sotishda turli noqonuniy tuzilmalar paydo bo‘lishining oldini olishga xizmat qilib kelmoqda.
2020 yilning 6 oyi mobaynida «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida ochiq auksionlar orqali boshlang‘ich narxi 559 mlrd so‘mlik 8,4 ming mulk 651,2 mlrd so‘mga, ya'ni boshlang‘ich narxiga qaraganda 92 mlrd so‘m qimmatroqqa realizatsiya qilindi. Onlayn auksionlarda qatnashish uchun 34,3 ming nafardan ortiq ishtirokchilardan arizalar kelib tushgan bo‘lsa, ularning asosiy qismi tadbirkorlik va yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib olish istagini bildirgan.
Koronavirus pandemiyasi davrida Respublikamizda tadbirkorlar uchun tadqim etilgan imtiyozlar natijasida birgina iyun oyida o‘tkazilgan onlayn auksionlarda ishtirokchilar soni yanada oshib, mulklarni xarid qilishda qizg‘in kurashlar bo‘lib o‘tdi. Misol uchun:
Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasi uchun o‘tkazilgan savdoda 4 ta talabgor boshlang‘ich narxi 127 mln.so‘mlik lot uchun kurashib, 135 qadamdan so‘ng, yakunda ushbu yer uchastkasi 985 mln so‘mga realizatsiya qilindi.
Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi davlat aktivi bo‘lgan tikuvchilik majmuasi elektron onlayn auksionda 95,9 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Uchtepa tumani, Dilkash ko‘chasi, 2-uyda joylashgan boshlang‘ich narxi 750 mln so‘m bo‘lgan sobiq zavod hududi hamda mazkur binodagi tekstil ishlab chiqarish uskunalari uchun savdolarda 15 nafar ishtirokchi o‘rtasida o‘tgan onlayn auksionda mulk narxi 796 qadamga oshirilib, 12,7 mlrd so‘m narx tasdiqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridagi boshlang‘ich narxi 7,6 mln so‘mlik ko‘pqavatli turar joy binolari qurishga mo‘ljallangan yer uchastkasi onlayn savdolarda 705,2 mln so‘mga sotildi. Onlayn savdoda 5 nafar ishtirokchi o‘rtasida qizg‘in kurash borgan.
Samarqand viloyati, Qo‘shrabod tumanidagi boshlang‘ich narxi 3,9 mln so‘mlik yer uchastkasi uchun onlayn savdolarda 218 mln so‘mga sotildi. Onlayn savdoda 2 nafar ishtirokchi o‘rtasida savdolar o‘tdi.
Toshkent shahri, Shayxontohur tumanidagi boshlang‘ich narxi 291 mln so‘mlik yer uchastkasi uchun onlayn savdolarda 888,8 mln so‘mga sotildi. Onlayn savdoda 11 nafar ishtirokchi o‘rtasida qizg‘in kurash borgan.
Yuqorida keltirilgan onlayn savdolar natijasidan ko‘rinib turibdiki, «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali o‘tkazilgan elektron onlayn auksionlar ochiqlik tamoyiliga asoslanib, samarali tarzda o‘tkazilmoqda. Yaratilgan tizim xalqimizni rozi qilish bilan birga, fuqarolarning turli idoralarning ostonasida mulk sotib olish, uni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarda sarson bo‘lishi holatlariga chek qo‘ymoqda.
Bugungi kunda e-auksion.uz savdo maydonchasida 8,7 mingdan ortiq mulklar savdoga chiqarilgan bo‘lib, 3700 dan ortiq tadbirkorlik faoliyati uchun, 2200 dan ortiq yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini sotib olish imkoniyati mavjud. Siz ham shaffof auksionlarda ishtirok etib, mulk egasiga aylaning.
«Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi» PR xizmati
Mavzuga oid
09:27 / 02.12.2020
«E-IJRO AUKSION»: Yer qa'ri uchastkalari 199 mlrd so‘mga sotildi
14:45 / 01.12.2020
«E-IJRO AUKSION»: yirik mehmonxona majmuasi savdoga chiqarildi
18:43 / 11.11.2020
«E-IJRO AUKSION»: Tashqi reklama obektlari bo‘yicha auksionlar o‘tkazildi
12:25 / 13.10.2020