Filippinda COVID-19 sababli 15 mingdan ortiq mahbus ozodlikka chiqarildi
Filippindagi jazoni ijro etish muassasalari to‘lib-toshgan bo‘lib, mahbuslarning ijtimoiy masofalanish va gigiyena qoidalariga amal qilishining imkoni yo‘q.
Filippinda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli 17 martdan 22 iyungacha bo‘lgan davr oralig‘ida 15 mingdan ortiq mahbus ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Philippine Star nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, jami 15 322 nafar mahbus ozod etilgan bo‘lib, ularning aksariyati keksa yoshdagilar hamda yengil huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslardir.
Qayd etilishicha, Filippindagi jazoni ijro etish muassasalari to‘lib-toshgan bo‘lib, mahbuslarning ijtimoiy masofalanish va gigiyena qoidalariga amal qilishining imkoni yo‘q. 2 iyul holatiga mahbuslar orasida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 783ta holat qayd etilgan, jazoni ijro etish muassasalarining 135 xodimi kasallik yuqtirgan.
Nashrning Filippin sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 38,8 mingdan oshgan, 1274 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:16 / 11.11.2024
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
13:10 / 29.10.2024
Filippinda «Trami» to‘foni tufayli 5,7 mln kishi uyini tashlab ketdi
20:34 / 27.10.2024