Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston elchisi O‘zbekistondagi o‘z diplomatik missiyasini yakunlamoqda
Abdulaziz Komilov Santosh Jaga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Foto: TIV axborot xizmati
2020 yil 1 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindistonning mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elchisi Santosh Ja bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va ularni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston-Hindiston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib, so‘nggi yil davomida jadal rivojlandi, muhim kelishuv va natijalarga erishildi.
Koronavirus pandemiyasi sharoitida tegishli vazirlik va idoralar barcha zamonaviy aloqa vositalaridan foydalangan holda hamkorlikni davom ettirgani qayd etildi.
Shuningdek, turli darajalardagi bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazish muddatlari bo‘yicha takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat so‘ngida vazir Santosh Jaga ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Elchi Hindistonning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik izhor etdi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026