Koronavirus anatomiyasi. Yarim yilda Covid-19 haqida nimalarni bilib oldik?
|18:39 / 02.07.202049 77826 min
Foto: BBC RussianFoto: BBC Russian
Qotil izidan
Xavfli kasallik tarqalişini tadqiq etiş izquvar faoliyatidan köp farq qilmaydi. Avval dalillar yöqolmagunça voqea joyini közdan keçirişga ulguriş kerak; söngra uzoq vaqt davomida guvohlarni söroq qiliş, keyin esa uning keyingi zarbasini oldindan taxmin qiliş uçun qotilni ta'qib qiliş zarur.
Ammo xalqaro miqyosda birgalikda olib borilayotgan sa'y-harakatlarga qaramay, koronavirus rivojlanişda davom etmoqda va har kuni minglab odamlar hayotiga zomin bölmoqda.
Olimlar sönggi olti oy içida virus haqida nimalarni aniqlaşdi?
Favqulodda vaziyat
Har qanday virusning kelib çiqişini biliş uning soğliğimizga qanday ta'sir qilişi va qanday sur'atda tarqalişini oldindan taxmin qila oliş uçun juda muhim hisoblanadi. Ammo koronavirus bizni avval boşdanoq hayratda qoldirdi.
Dunyo Yangi yilni nişonlaşga tayyorgarlik körayotgan bir paytda, şifokor Li Venlyan Uhan markaziy kasalxonasining şoşilinç bölimida işlardi, u yerda pnevmoniya – öpka yalliğlanişi bilan kasallangan yetti nafar bemor karantinga olingandi.
Li Venlyan yanvarda kasallikka çalindi va fevralda vafot etdi
30 dekabr kuni u WeChat’dagi guruhda hamkasblariga eng yomon xavotirlari haqida yozgan – Li SARS’ning (oğir ötkir respirator sindrom) yangi tölqini boşlanayotganini taxmin qilgan. Koronavirusning boşqa turi bölgan SARS ilk marta 2003 yilda Xitoyda paydo bölgan va 26 mamlakat böylab 8000dan ortiq odamga yuqqan.
Biroq, şifokor Li SARS’ning ikkinçi tölqinini emas, balki Covid-19 (SARS-CoV-2) virusining dastlabki izlarini aniqlagandi.
Xitoy naşrlari ma'lumotlariga köra, Li hamkasblariga ehtimoliy avj oliş töğrisida ogohlantiruvçi xabar yuborganidan uç kun ötgaç, u va uning 8 nafar hamkasbi «miş-miş tarqatganlikda» ayblanib, politsiya tomonidan hibsga olingan.
Şifokor Li işga qaytganidan köp ötmay Covid-19 bilan kasallanadi. U 6 fevralda 34 yoşida öğli va homilador xotinini qoldirib vafot etdi.
Bozordagi virus öçoği
Mavzuga oid
Şaharning yangi qismida joylaşgan Xuanan dengiz mahsulotlari bozorida çakana savdo bilan şuğullanuvçilar özlarining kiçik peştaxtalarida hamma narsa sotişgan – tirik parrandalardan baliq, sudraluvçilar va yovvoyi hayvonlargaça.
Ammo 2019 yil dekabr oyining sönggi haftalarida, virusning ehtimoliy tarqalişi haqida ogohlantirişlar baralla yangray boşlaganida, şifokorlar birinçi navbatda e'tiborni yangi öxşaşlikka qaratişdi – bemorlarning aksariyati Xuanandagi dengiz mahsulotlari bozorida işlagan.
31 dekabr kuni Uhan soğliqni saqlaş komissiyasi Pekinga özining birinçi rasmiy hisobotini taqdim etdi. Ertasi kuni bozor karantinga yopildi.
Bugungi kunda, olimlar bir ovozdan dengiz mahsulotlari bozori avj oliş öçoği bölganini tasdiqlaşadi, ammo virus ilk marta bozorda paydo bölgani söroq ostida.
Bozordagi odamlar va tirik hayvonlardan olingan Covid-19 namunalari şundan beri musbat natija berdi. Ammo, Uhandagi tibbiyot tadqiqotçilari fikriga köra, odamlardagi koronavirus kasalligi bilan boğliq eng erta holat bozorda yoyilişidan deyarli tört hafta oldin sodir bölgani keyinçalik aniqlandi: kasallik alomatlari 2019 yilning 1 dekabrda közga taşlangan uhanlik keksa odamning dengiz mahsulotlari bozoriga aloqasi bölmagan.
Uhandagi tibbiyot xodimlari şahar kasalxonalarida kasallikning kundan kunga kuçayib borayotganini payqagan yanvar oyida heç kim virusning nafaqat Xitoyda, balki butun Osiyo qit'asi va keyinçalik dunyo böylab qanday dahşatli tarzda tarqalib ketişini tasavvur qila olmasdi.
11 yanvar kuni, Covid-19 yuqtirgan bemorlar orasida ilk qayd etilgan ölimdan atigi töqqiz kun ötgaç Yaponiya, Janubiy Koreya va Tailandda yangi holatlar qayd etilişga ulgurdi.
Şunday qilib, qotilni ta'qib qiliş boşlandi, ammo tibbiyot va texnologiya sohasida dunyodagi barça yutuqlarga qaramay, biz doimo virusdan bir qadam ortda qoldik...
Covid-19 olti oy içida 188 mamlakatga tarqaldi va 10 milliondan ortiq kişi virusdan zararlandi.
Qotil portreti
«Har doim beriladigan birinçi savol – bu nima özi?», deydi professor-immunolog Kristian Andersen.
Dekabr oyi oxirida, ilk bemorlar kasalxonaga yotqizilişidan bir neça soat ötgaç Uhan virusologiya instituti olimlari sirli virus bilan oğrigan bemorlarning burun surtmalarini tahlil qilişdi.
Ular virus genomini – bu qanday virus ekanligi va uning tarqaliş usulini aniq körsatuvçi töliq genetik kodni qidirişdi.
Sodda qilib aytganda, genom «harflarning» uzoq zanjiri sifatida ifodalanişi mumkin – masalan, inson genomi uç milliarddan ortiq genetik harflardan iborat. Odatiy gripp virusi 15000 harfdan iborat bölib, bu zanjirda özini million marta aks ettirişi uçun virusga kerak böladigan barça körsatmalar kodlangan va ular epidemiyaga yöl oçadi.
Virus genomi kodini oçiş odatda bir neça oy, ba'zan bir neça yil vaqt oladi. Ammo 10 yanvar kuniyoq professor Yun-Çjyen Çjan boşçiligidagi Uhan virusologiya instituti olimlari Covid-19'ning birinçi genom tartibini - jumboqning birinçi va ehtimol, eng muhim qismini e'lon qilişdi.
«Uşbu birinçi ketma-ketlikni körişimiz bilan uning koronavirusning bir turi ekanligini va SARS virusiga 80 foiz öxşaşligini darhol angladik», deydi professor Andersen.
Koronaviruslar özida viruslarning katta oilasini jamlagan bölib, ularning yuzlab turlari, bizga ma'lum bölişiça, çöçqalar, tuya, körşapalaklar va muşuklar kabi hayvonlar orasida tarqalgan. Covid-19 – hayvondan odamga yuqiş xususiyatiga ega bölgan va fanga ma'lum hozirça yettinçi koronavirus.
«Ikkinçi savol – qanday taşxis qilinişi – bu virusni aniqlaş va uning yuqiş mexanizmlarini tuşunişga imkon beradi. Uçinçi savol – vaksina qanday yaratiladi? Virusning genetik «çizmalariga» ega bölgan holda, bu savollarning barçasiga javob topişning iloji yöq», deydi professor Andersen.
Andersenning sözlariga köra, virus ilk marta körşapalaklarda paydo bölganini inkor etib bölmaydigan dalillar mavjud.
«Hammasi körşapalaklardan boşlangan. Biz bilamizki, bu mutlaqo tabiiy virus, çunki körşapalaklarda şunga öxşaş köplab viruslar mavjud. Uning inson populyatsiyasiga qanday yuqib qolgani esa ma'lum emas», deydi u..
Andersen jamoasi körşapalakda topilgan boşqa bir koronavirusni örgandi, bu Covid-19 bilan 96 foiz öxşaş. Ular, şuningdek, Osiyo mintaqalarida uçrovçi va aksariyat hollarda noqonuniy tarzda sotiladigan sut emizuvçi pangolinlarda topilgan boşqa virus bilan juda kuçli öxşaşlikni körişdi.
Virus körşapalaklardan boşqa vositaçi hayvonga, masalan, pangolinga ötib, oxir-oqibat, odamga yuqişidan avval yöl-yölakay qöşimça oqsillar işlab çiqara olişi mumkinmi? Olimlar tekşirişni davom ettirişmoqda.
Xitoyda, Covid-19’ning birinçi genetik zanjiri aniqlanganidan ikki kun ötgaç mahalliy hokimiyat professor Çjan laboratoriyasini yopib qöydi va uning ilmiy litsenziyasini bekor qildi. Xitoy naşrlariga köra, bunga heç qanday rasmiy sabab körsatilmagan. Ammo yarim natijaga erişib bölingandi.
«Uşbu ilk izçilliksiz iş boşlaşimiz mumkin emas edi. Bularning barçasi muhim ma'lumotlarni ajoyib tezlikda bergan xitoylik olimlar tufayli», deydi professor Andersen.
Izidan boriş va izolyatsiyaga oliş
Covid-19 tarqalişi bilan olimlar virusning kelib çiqişini örganişdan voz keçib, e'tiborni uning yoyilişini töxtatişga qaratişdi.
Kontaktlarni kuzatiş
51 million aholiga ega bölgan Janubiy Koreya Covid-19 kirib kelişini töxtatiş borasida dunyodagi eng muvaffaqiyatli davlatlardan biri böldi.
Uşbu muvaffaqiyat, asosan, kontaktlarni kuzatiş agentlari armiyasini – Covid-19 bemorlari va ular aloqa qilgan odamlar örtasidagi boğliqlikni aniqlaşni örgangan tadqiqotçilarni jalb qiliş qobiliyati bilan izohlanmoqda. Söngra öz-özini izolyatsiya qiliş böyiça körsatma kimlarga berilişi kerakligi yoki ba'zi hollarda, butun bino yoki butun taşkilot – kasalxona, qariyalar uyi yoki idorani karantin qiliş töğrisida qaror qabul qiliş zarur.
Yanvar va fevral oylari boşlarida kasallikning yangi holatlari juda kam edi va Janubiy Koreya aholisi kasallik avj olişini töxtatişga umid qilişardi. Biroq, fevral oyi oxirida vaziyat birdaniga yomonlaşdi – bir (yagona) şahar epidemiya öçoğiga aylandi, bir neça kun içida bemorlar soni bir neça ming kişiga yetdi.
Degu şahridagi avj oliş keyinçalik «Bemor 31» nomi bilan tanilgan bir inson – «super-yuqtiruvçi» harakatlari bilan boğliq.
31 sonli bemorning koronavirus uçun topşirgan tahlillari 17 fevralda musbat natijani bergan. Faqat kuzatuvçilarning faoliyati tufayli, 10 kun içida u yaqinda aloqada bölgan va uning izdoşlari bölib çiqqan insonlar soni 1000dan oşiq ekani aniqlandi va ularga öz-özini izolyatsiya qiliş tartibi kiritilişi orqali virusning yanada tarqalib ketişining oldi olindi.
Degu epidemiologiya guruhining örinbosari sifatida professor Kim Çen Yon şahardagi kontaktlarni izlaş işiga javobgardir – bu iş bilan köpinça sobiq hukumat amaldorlari va boşlovçi şifokorlar şuğullanişadi. Uning sözlariga köra, odamlar öz-özini izolyatsiya qiliş qoidalariga rioya qilişni istaşmasa (31-sonli bemor kabi), yanada qat'iyroq usullardan foydalaniş kerak, masalan, kredit kartalari tölovlari va telefon aloqalari yoki GPS ma'lumotlarini kuzatiş.
«31 sonli bemor avvaliga özining Sinçxondji çerkoviga mansubligini aytmagan. Buni aynan biz, aloqani kuzatuvçi xodimlar, keyinroq bilib oldik», deydi professor Kim.
Sinçxondji Çerkovi diniy sektasi butun mamlakat böylab 300 mingga yaqin a'zolarga ega va ularning asosçisi Li Man-xi özini ikkinçi masih deb da'vo qiladi. Janubiy Koreyadagi köplab yirik xristian çerkovlari uşbu guruhni insonga siğiniş deb bilişadi va uning yoşlarni öz safiga jalb qiliş yölidagi agressiv siyosatini tanqid qilişadi.
Ammo, 31 sonli bemor özining Sinçxondji çerkoviga aloqadorligini yaşirgani bilan maşhur bölmagan. Izquvarlar aniqlaşiça, u kasallikka tahlil topşirişidan 10 kun avval, alomatlar paydo bölganiga qaramay butun Degu böylab harakatlanib, mingdan ortiq odam bilan aloqada bölgan.
U 6 fevral kuni avtohalokatga uçragan va ertasi kuni kasalxonaga yotqizilgan, u yerda taxminan 128 kişi bilan yaqin aloqada bölgan. Keyin u uyga borib, şaxsiy buyumlarini olib keliş uçun kasalxonadan vaqtinça javob berilgan (borib-qaytiş uçun ikki yarim soat). Keyinçalik öşa haftaning özida u kasalxonadan bir neça marta çiqib ketadi – bir marta dösti bilan tuşlik qilişga va ikki marta çerkovning 2000ga yaqin odam qatnaşadigan ikki soatlik ibodatiga boriş uçun.
Professor Kimning sözlariga köra, Sinçxondji çerkovi yopiq xarakterga egaligi sababli, kuzatişning eng oğir qismi şu hafta davomida yana kimlar ibodatga qatnaşganini aniqlaşga uriniş bölgan.
«Oxir oqibat, çerkovning barça 9000 a'zolari röyxatini oldik. Avvalo, ularning har biriga qönğiroq qilib, virus alomatlari bor-yöqligi söraldi. 1200 ga yaqin kişi «bor» deb javob berdi, ammo ba'zilari karantinga ketiş va tahlil topşirişdan boş tortdi. Yuzlab odamlar Sinçxondjiga aloqador ekanliklarini oşkor etişni istaşmadi va agentlarda boşqa yöl qolmadi», deb ta'kidlaydi Kim.
«Gap bizning çerkov a'zolarini Deguning qolgan aholisidan qançalik tez ajratib olişimiz haqida borardi. Şu bois hukumat Sinçxondji çerkovining barça a'zolariga özini yakkalaş rejimiga ötişni buyurdi».
Barça yangi holatlarning sinçkovlik bilan tekşirilişi keng qamrovli tahlillar bilan birgalikda virus tarqalişini jilovladi va aprel oyi boşlariga kelib, Degu Covid-19’dan xoli şaharga aylandi.
Biroq, dunyoning boşqa qismlarida virus barqaror ravişda tarqalişda davom etdi. Ilmiy hamjamiyat uçun Covid-19’ni nafaqat mamlakatlar, balki butun qit'alar böylab kuzatib boriş juda muhim vazifaga aylandi.
Muammoning yeçimi köpayiş va tarqalişni boşlagan virusning genetik kodining kaliti bölgan genomda yotadi.
Dalillar zanjiri
Covid-19 bilan kasallangan bemorlardan olingan va virus genomini aniqlaş uçun olimlar tomonidan tahlil qilingan birinçi bir neçta surtmalarni ifodalovçi yagona binafşa nuqta Uhanda.
Yanvar oyida professor Yun-Çjyen Çjan tomonidan genom kaşf qilingandan söng, dunyo olimlari ön minglab burun surtmalarini tahlil qilişni davom etişdi va natijalarini GISAID’ga, oçiq manbali ma'lumotlar bazalaridan biriga yuklaşdi.
Genni uning tarqalişi orqali bir neça marta sekvenlaş (ya'ni aminokislota yoki DNK va RNK nukleotidlarining ketma-ketligini aniqlaş) orqali olimlar genetik koddagi mutatsiyalarni – mayda xatolarni, genetik «harflar» zanjiridagi «farqni» kuzatib borişlari mumkin. Virus qoldirgan uşbu dalillarni örganiş, mutatsiyalar ketma-ketligini taqqoslaş virusning çegaralar böylab qanday tarqalişini körsatişi mumkin.
Masalan, agar Nyu-Yorkdagi bemordan olingan namunada uçta bir xil mutatsiya aniqlansa va Uhandagi bir neça namunalar öz genomida aynan öşa uç «farqni» taşisa, bu holatlarning barçasi virusning aynan bir odamdan boşqa odamga yuqişi qismlari ekani ehtimoli yuqori. Keyinçalik, voqealar jadvalini qayta tiklagan holda, mutaxassislar virusning Uhandan Nyu-Yorkka qaçon va qanday köçib ötganini tuşunişi mumkin.
Dunyo böylab töplangan 37000dan ortiq sekvenlangan namunalar Covid-19’ning kuçli yuqumli potensialini namoyiş etadi.
Foto: Nexstrain
Epidemiolog Emma Hodkroft GISAID’ga yuklangan ön minglab ketma-ketliklardan asosiy ma'lumotlarni ajratib oladigan Nexstrain guruhi olimlari va dasturçilari bilan işlaydi. Uning yordami bilan oçiq manba kodli ya'ni butun dunyo böylab virus tarqalişi jarayonida mutatsion genomning suratiga ega xarita yaratilmoqda.
«Genomni kuzatiş bilan biz bemorlar bilan suhbatlaşişdan köproq foyda olamiz. Ular infeksiyani qaçon va qayerda yuqtirganliklarini bilişmasligi mumkin. Ammo genom ma'lumotlari ança işonçli», deydi doktor Hodkroft.
Gap, ayniqsa, Eron kabi işonçli ma'lumotlarga ega bölmagan mamlakatlar haqida ketganda bu juda muhimdir.
Sirli rişta
Yanvar oyi oxirida doktor Hodkroft va Nexstrain jamoasi juda öxşaş genomga va köpinça bir xil mutatsiyalarga ega bölgan bir neçta namunalarga e'tibor qaratişdi, ammo ular sakkizta turli mamlakatlarda, şu jumladan Avstraliya, Yangi Zelandiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Xitoy va Niderlandiyada olingan.
Dastlab, olimlar uşbu ğayrioddiy namunalar guruhi qayerdan paydo bölganini aniqlay olişmadi.
«Ular xaritada bir-biriga juda yaqin joylaşgan edi. Bu kutilmagan hol edi, çunki bu odamlarni boşqa heç narsa boğlab turmasdi. Ammo, keyinçalik Avstraliyadan keltirilgan bir neçta namunalar Eronga yetaklaşi mumkinligi aniqladik. Bu juda muhim edi, çunki öşa paytda bizda Erondan namunalar bölmagan. Ammo hozir aniq aytişimiz mumkinki, bu odamlar virusni yo Eronning özida, yoki yaqinda Eronda bölgan odamdan yuqtirgan», deydi Hodroft.
Covid-19’ning genetik jihatdan öxşaş 18ta namunasi, barçasining manbasi – Eron
Genomni kuzatiş kuçli vositadir, çunki virus kamdan kam hollarda mutatsiyaga uçraydi. Şuning uçun, olimlarga virusning butun mintaqada qanday tarqalişini tuşuniş uçun hatto bir neça namunalar ham kifoya qiladi.
Erondan olingan uşbu namunalarni örgangan Nexstrain guruhi ularning barçasi nafaqat Erondagi bitta yuqtiriş holatidan olingan, balki mamlakatda barça virus yoyilişi holatlari ham xuddi şu bemordan boşlangan degan xulosaga keldi.
Şu orqali olimlar Eronning muqaddas Qum şahridagi avj olganini kuzatişga muvaffaq bölişdi. U yerga har kuni minglab sayyohlar va ziyoratçilar taşrif buyurişadi hamda virus aynan şu şahardan ikki haftadan kam vaqt içida butun mamlakat böylab tarqaldi.
Eronda Ramazon hayiti ijtimoiy masofaga rioya qilingan holda ötkazildi
Kontaktlarni örganiş va genomni tadqiq qiliş orqali olimlar Covid-19’ning dunyo böylab tarqalişi haqiqiy tezligi va körinmasligini aniqlaşdi. Biroq, sönggi olti oy içidagi barça kaşfiyotlarga qaramay, mutaxassislar bir qadam orqada qolişmoqda – virus keyingi safar qaçon va qayerda paydo bölişini oldindan aytib bölmaydi.
Gap Covid-19’ni jilovlaş haqida borsa, bitta katta muammo mavjud: virusning populyatsiya orqali tartibsiz tarqaliş qobiliyati – ba'zida ölimga olib keladi, ammo köpinça yengil alomatlar bilan yoki umuman alomatlarsiz keçadi.
Alomatlarsiz odamlar orasida Covid-19 tarqalişini örganiş juda qiyin. Biroq, Italiya şimolidagi bir mitti qişloqda uşbu jumboqning muhim uçi topildi.
Körinmas tahdid
Italiyada Covid-19’dan birinçi ölim holati uning öta gavjum şaharlaridan birida emas, balki Veneto viloyatida joylaşgan, dunyodan deyarli uzilgan mitti Vo qişloğida yuz berdi. Bu yerda taxminan 3000 kişi istiqomat qiladi. Vo (boşqa nomi Vo Euganeo) Venetsiyadan unça uzoq bölmagan milliy park – Eugan balandligi etagida joylaşgan.
21 fevral kuni mamlakatda virusdan ilk ölim holati qayd etilişi bilanoq mahalliy hokimiyat butun qişloqni yopişga qaror qildi va alomatlar bor-yöqligiga qaramay, aholidan yoppasiga tahlil olina boşlandi. Izolyatsiya holatidagi bir neça ming odam bir neça bor tahlildan ötişi ilmiy nuqtayi nazardan noyob vaziyatni yuzaga keltirdi.
Italiyalik askarlar aholi yaşaş hududini qöriqlamoqda
Tadqiqotni mahalliy mikrobiolog, dotsent Enriko Lavezzo olib bordi. U tadqiqotdan olingan va virusning «jim tarqalişi» deb atalgan xulosani tuşuntiradi: kutilmaganda, Covid-19 uçun ötkazilgan köplab testlar musbat natija berdi, ammo bemorlarda alomatlar zaif yoki yöq edi.
«Virus bilan kasallangan odamlarning 40 foizdan köproği özlarining boşqalarga yuqtirişlari mumkinligini hatto xayoliga ham keltirişmagan. Bu yuqumli kasallikning jilovlaş nuqtai nazaridan juda katta muammo. Kasallik belgilari bölgan odamlarning aksariyati uyda qolişadi, ammo alomatlari bölmagan odamlarning aksariyati odatdagidek harakat qilişadi. Ular taşqariga çiqişadi, odamlar bilan uçraşişadi, boşqalar bilan yaqin aloqada bölişadi, ammo virusni boşqalarga yuqtirişlarini özlari ham bilişmaydi», deydi professor Lavezzo.
Lavezzo guruhi birinçilardan bölib asimptomatik holatlar muammosi kölamini aniqladi. Boşqa tadqiqotlar şundan beri 70 foizga yaqin bahoni bergan.
Yana bir hayratlanarli kaşfiyot – qişloqdagi 3000 kişi orasidan 10 yoşgaça bölgan biror bolada ham Covid-19 aniqlanmagan.
«Biz bolalar virusni yuqtirmaydi deb da'vo qilmaymiz. Bu boşqa tadqiqotlarda isbotlangan. Ammo ularning kamida önlablari bemorlar bilan yaşagani, ammo yuqtirib olmagani odatiy emas va qöşimça izlanişni talab qiladi», deydi Lavezzo.
Covid-19 tarqalişini töxtatib bölmayotganining asosiy sababi şundaki, boşqa koronaviruslarga qaraganda u özining tarqalişiga beixtiyor yordam beradigan köp sonli odamlarga yetib borişidir.
Ammo yengil yötaldan nafas olişda ölimga yetaklovçi qiyinçiliklargaça bölgan keng kölamli alomatlarni keltirib çiqaruvçi Covid-19 noyobligi sababi nima bölişi mumkin? Şuningdek, professor Lavezzoning natijalariga asoslansak, nima uçun bolalarga nisbatan kamroq darajada tarqaladi?
Ölik kombinatsiyasi
Olimlar virus inson tanasiga faqat bir yöl bilan, inson hujayralariga ACE-2 retseptorlarini biriktirib kirişi mumkinligini aniqlaşdi.
Inson kökrak qafasiga örnaşgan koronavirus
Professor Maykl Farzan laboratoriyasi ACE-2 retseptorlarini 2003 yilda SARS virusi tarqalişi paytida aniqlagandi.
Farzanning tuşuntirişiça, muammo şundaki ACE-2 retseptorlari tananing hamma qismida, burun, öpka, içak, hatto yurak, buyrak va miyada joylaşgan.
ACE-2’ning bu qadar keng tarqalişi Covid-19’ning nima uçun hid qobiliyati yöqotilişiga yetaklovçi burun infeksiyasidan kuçli yötal çaqiruvçi öpka yalliğlanişigaça bölgan turli alomatlar paydo qilişini izohlaydi.
Odatda, viruslarning aksariyati yaxşi tarqaladi yoki jiddiy kasalliklarga olib kelişi mumkin. Covid-19 yanada xavflidir, çunki u ikkisini ham birday uddalamoqda.
Yalliğlaniş yuqori nafas yöllariga, burun va öpkaga örnaşib olib, yötal va aksirişni yuzaga keltiradi, bu esa kasallik tez tarqalişiga sabab böladi. Quyi nafas yöllari infeksiyalari jiddiy, potensial halokatli nafas oliş muammolariga olib kelişi mumkin.
Bolalarning virusni yuqtiriş qobiliyati kattalarnikidan qançalik farq qilişi hozirça noma'lum.
Oğir alomatlar bilan yotqizilgan 68 yoşli erkakning rentgenografiyasi. Öpka çetidagi oq joylar havo qopçalarining yalliğlanişi bölib, bu bemorning nafas olişini qiyinlaştiradi
Buyuk Britaniya hukumatining favqulodda vaziyatlar böyiça ilmiy maslahat guruhi ta'kidlaşiça, mavjud dalillarga asoslangan holda bolalar Covid-19 bilan kamroq kasallanadi va ularning boşqalarga yuqtirişi ehtimoli kiçik deb taxmin qiliş mumkin. Şu bilan birga, olimlar dalillarning özi yetarli emasligini ta'kidlaşadi.
Professor Farzanning sözlariga köra, kasallik holatlarining 2 foizdan kamroğini taşkil etadigan bolalarda öpkaning pastki qismida ACe-2 retseptorlari kattalardagiga qaraganda kamroq ekanligiga dalillar bor.
«Bu degani, bolalar uşbu kasallikka, heç bölmaganda kattalarda uçraydigan oğir pnevmoniya, kamroq moyil bölişadi», deydi professor Farzan.
Ammo bolalar öpkasining yuqori qismida retseptorlar yetarli.
«Bolalar şunda ham virusni tarqatişi mumkin, çunki bunda yuqori havo yöllari juda ahamiyatli», deb tuşuntiradi u.
Olti oylik izlanişlar va ilmiy kaşfiyotlarga qaramay, olimlar fikriça, pandemiyani haqiqatan ham töxtatiş va virusning kelajakdagi tölqinlari oldini olişning yagona yöli – profilaktik emlaş.
Vaksina ortidan
Hozirda 124ta turli tadqiqot guruhlari Covid-19’ga qarşi birinçi vaksinani işlab çiqiş borasida bahsga kirişgan.
San-Paulu universiteti professori Xorxe Kalil Braziliyada olib borilayotgan bir neça ehtimoliy vaksina sinovlaridan birini boşqarmoqda. Mamlakat koronavirusdan jiddiy jabr çekmoqda, ammo prezident Jair Bolsonaru karantinga qarşi mitinglarda iştirok etişda davom etmoqda, bu vaqtda mahalliy ma'murlar mamlakatning köplab yirik şaharlarida karantin joriy etişgan.
Ba'zi işlab çiqaruvçilarning vaksina sentabr oyida tayyor bölişi mumkinligi, işlab çiqariş va tarqatiş esa 12 oydan 18 oygaça vaqt olişi haqidagi e'lonlariga professor Kalil şubha bilan qaraydi. Uning aytişiça, asosiysi şoşqaloqlik emas, puxtalik.
«Biz iloji boriça tezroq harakat qilişimiz kerak. Ammo marraga birinçi yetgan kişi ğalaba qozonadi deb öylamayman. Bu avtopoyga emas. Ğoliblik köpçilikka – mukammal holatda 90 foiz insonga mos keluvçi, alomatlar va virus tarqalaşini töxtatuvçi vaksinaga nasib etadi», dedi u.
Kalilning ta'kidlaşiça, dunyoda pandemiyani haqiqatan ham töxtatiş uçun keksa odamlar va surunkali yurak-qon tomir kasalliklari bilan oğriydigan odamlarga möljallangan vaksina zarur. Aynan uşbu toifadagi odamlar uçun antitelani – emlaş yoki infeksiyaga javoban tanamizning tabiiy himoya mexanizmini işlab çiqiş qiyin böladi. Şuning uçun, agar vaksina köpçilik odamlar, şu jumladan eng himoyasiz odamlar uçun işlamasa, Covid-19 tarqalişda davom etaveradi.
Braziliyaning Manaus şahrida Covid-19 qurbonlarini ommaviy dafn qiliş
Şuningdek, Kalil barça mamlakatlar vaksinadan foydalaniş imkoniyatiga ega bölişi muhimligini ta'kidlaydi, aks holda epidemiya takrorlanişi oldini oliş mumkin emas.
«Muammo pul va siyosatda. Bu yerda, San-Pauluda boy odamlar çiroyli uylarda özlarini izolyatsiya qilişmoqda, ammo bitta xonada sakkiz, töqqiz yoki ön kişidan iborat kamtarin oila haqida nima deyiş mumkin? Virusdan hammani butunlay ozod qiliş uçun juda sifatli vaksina kerak. Boşqa çiqiş yöli yöq», deydi u.