Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko prezident saylovlarida ishtirok etish uchun hujjatlar topshirdi
Belarus Markaziy saylov komissiyasi 2 iyulda mamlakatning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenkodan prezident saylovlariga nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni qabul qildi.
Lukashenko komissiyaga hujjat topshirgan yettinchi nomzod bo‘lgan. 30 iyunda komissiya 6 nomzod ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan 100 mingta imzoni to‘plaganini ma'lum qilgan.
Jumladan, Belgazprombankning sobiq boshqaruv raisi, hozirda hibsga olingan Viktor Babariko, parlament quyi palatasining sobiq deputati Anna Kanopatskaya, “Govori pravdu” (Rostini ayt) jamoatchilik birlashmasi hamraisi Andrey Dmitriyev va Belarus sotsial-demokratik “Gramada” partiyasi raisi Sergey Cherechnyadan hujjatlar qabul qilingan.
Belarus prezidenti saylovlari 9 avgustga belgilangan. Nomzodlarning ro‘yxatga olinishi 5 iyuldan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Ularning yakuniy ro‘yxati shu bosqichdan keyin ma'lum bo‘ladi. 1994 yildan beri Belarus prezidenti kursisini egallab kelayotgan Lukashenko ushbu lavozimni 6-muddat egallashga da'vogarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026