O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 6 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent va Navoiyda yana 142 bemor koronavirusdan forig‘ bo‘lib, shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6000 nafardan oshgani haqida xabar berdi.
«Shu soatlarda poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 23 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 73 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida 23 nafar, shahar 1 son klinik shifoxonasida 11 nafar va Navoiy viloyatida 12 nafar, jami 142 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Shunday qilib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 3625 nafar bemor sog‘aydi.
Navoiy viloyatida shu vaqtgacha koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 283 holat qayd etilgan, endilikda kasallikdan tuzalganlar soni 252 nafarga yetdi. Ayni vaqtda viloyatdagi shifoxonalarda 31 bemor davolanmoqda.
Bundan avvalroq, Qashqadaryoda 45 bemor kasallikdan tuzalgani xabar qilingandi.
Shu tariqa, bugun ayni paytgacha jami 187 nafar bemor Covid-19’dan tuzalib, hozirda mamlakat bo‘ylab sog‘ayganlar soni 6034 nafarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024