O‘zbekiston | 14:41 / 03.07.2020
37503
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zgidromet» dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati 30-35 darajani tashkil etadi.

Foto: LiveJournal

Ertaga tog‘ va tog‘oldi hududlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda, deb yozadi «O‘zgidromet».

Respublikaning qolgan qismi yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Havo harorati bir xil me'yorda saqlanib qoladi va kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Iyul oyining boshlanishi O‘zbekistonda qulay harorat bilan belgilanadi. Bu kunlarda havo harorati me'yor oralig‘ida bo‘lishi kutiladi va kechasi 17-22 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

1-3 iyul kunlari respublika bo‘yicha joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha yetishi mumkin.

Mavzuga oid