O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 9800dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 121 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 5 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.», deyiladi xabarda.
4 iyul kuni jami 312ta yangi holat qayd etildi, shundan 142tasi aholi orasida va bu aholi orasida aniqlangan kunlik holatlar bo‘yicha rekord natijadir.
Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida jami 174 nafar bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6425 nafarni tashkil etmoqda, ikki kishi vafot etib, jami o‘limlar soni 31taga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 3373 bemor davolanmoqda. Shundan 15 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
18:53 / 30.07.2024
Maktab o‘quvchilari va bog‘cha tarbiyalanuvchilarining to‘rtdan bir qismida turli kasalliklar aniqlandi
11:28 / 22.07.2024
Nikohlanuvchilar qanday tibbiy ko‘riklardan o‘tishi kerak?
17:25 / 20.07.2024
Dunyo bo‘ylab vabo tarqalish xavfi juda yuqori baholanmoqda
19:59 / 09.07.2024