Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Yuventus» safida 44-urinishda jarima zarbasidan gol urdi
Italiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan «Yuventus» hamda «Torina» jamoalari o‘rtasidagi Turin derbisida «oq-qoralar» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 61-daqiqada jarima zarbasidan gol urdi. Bu portugaliyalik hujumchining A Seriya joriy mavsumidagi 25-goli bo‘ldi.
Ronaldu «Yuventus»ga kelganidan buyon ilk marta Turin klubi safida jarima zarbasidan gol urdi. U yangi jamoasi safida 43 marta jarima zarbalarini amalga oshirgan va gol ura olmayotgandi. Shu tariqa Ronaldu rasmiy o‘yinlarda «Yuventus» safida ilk marta Turin derbisida jarima zarbasidan gol urdi.
2019 yil iyul oyida Ronaldu «Yuventus» safida «Inter» darvozasiga jarimadan gol urgan, ammo rasmiy o‘yinda emas, xalqaro chempionlar kubogi mavsumoldi turnirida. Rasmiy o‘yinlarda Ronaldu oxirgi marta 2019 yil yozda millatlar ligasi yarim finalida Shveytsariya darvozasiga jarimadan gol urgandi.
Ronaldu Shveytsariyaga qarshi o‘yinda jarima zarbalaridan gol urolmaslik bo‘yicha 45 urinishdan iborat seriyani buzgandi. Ungacha hujumchi JCh-2018 guruh bosqchida Ispaniya darvozasiga jarimadan gol urgan. Klub miqiyosida esa oxirgi marta 2017 yil dekabrda «Real» safida klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida «Gremio» darvozasini jarimadan ishg‘ol qilgan. Qizig‘i, «Gremio» bilan o‘yingacha ham Ronaldu 11 oy davomida jarima zarbalaridan gol urolmagandi.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026