Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fujitsu kompaniyasi ofislarining yarmini yopadi va 80 ming xodimini masofadan ishlashga o‘tkazadi
Fujitsu ishlashning masofaviy shakli xodimlarning ish samaradorligini oshiradi deb hisoblamoqda.
Yaponiyadagi eng yirik ish beruvchilardan biri, Fujitsu kompaniyasi pandemiyadan so‘ng ijaraga olingan ofislari maydonini 50 foizga qisqartirish va 80 ming nafar xodimini masofadan ishlashga o‘tkazishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg.
Kompaniyaning bildirishicha, Work Life Shift dasturi jamoalarga «yangicha tarz»ga ko‘nikishga yordam beradi. Xodimlar qayerdan: uydan, yirik korporativ markaz yoki kompaniya filiallaridan biridan turib ishlashni o‘zlari tanlaydi. Masofadan ishlash fabrikada ishlaydiganlarga tatbiq etilmaydi.
Fujitsu ishlashning masofaviy shakli xodimlarning ish samaradorligini oshiradi deb hisoblamoqda.
Xodimlar uylarida ishlash sharoitini yaratishlari uchun Fujitsu ularga har oyda 5 ming iyen (46 dollar) to‘laydi. Ular pandemiyadan oldin yo‘lkira uchun ustama olishardi.
Fujitsu Yaponiyadagi eng yirik ish beruvchilar reytingida 17-o‘rinda turadi. Bloomberg agentligining ma'lumot berishicha, kompaniyada 130 mingga yaqin kishi ishlaydi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026