Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HDF qo‘mondoni: Ukraina Rossiya bilan jangovar harakatlarga tayyor
Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya bilan keng qamrovli jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda mamlakat harbiy flot qo‘mondoni Aleksey Neijpapa “Dumskaya” gazetasiga bergan intervyusida so‘z yuritgan. Bosh qo‘mondonning ta'kidlashicha, “Ukraina Qrimni qaytarib oladi va Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda”, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Yo‘qotishlar ko‘p bo‘ladi — jangchilarimiz va fuqarolarimiz orasidan”, - degan Neijpapa.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev Rossiya armiyasining Xerson viloyatiga hujumini kutmoqda. Bundan maqsad, Dnepr daryosining suvini Qrimga kiritishdir.
“Bizning bo‘linmalarimiz shunday harakatlarga tayyorlanmoqda. Barcha rejalarni ochiqlay olmayman, ammo sizga kichkinagina fakt: “Neptun” raketa majmuasining uchish uzoqligi uni Ukraina quruqligidan Sevastopolga yurishda qo‘llash imkonini beradi. O‘shanda ko‘ramiz”, — degan Neijpapa.
Rossiyaning Shimoliy Qrim kanalini yarimorol bilan qayta bog‘lashga urinishi ziddiyatning qayta boshlanishiga ishora hisoblanadi, deb qo‘shimcha qilgan kontr-admiral.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
20:34 / 19.06.2026
Kapotnyadagi zavodga Rossiya raketasi tushgani ma’lum qilindi
18:17 / 19.06.2026