Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 16 yoshli futbolchini mashg‘ulot vaqtida yashin urdi
Rossiya professional futbol ligasida ishtirok etuvchi «Znamaya Truda» klubi mashg‘ulotida noxush voqea sodir bo‘ldi. Jamoaning 16 yoshli darvozaboni Ivan Zaborovskiyni yashin urdi. Yosh futbolchi omon qoldi, ammo og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida yotqizildi.
Tez yordam 8 daqiqada yetib borgan. Ungacha jamoa shifokorlari futbolchiga birinchi yordamni ko‘rsatishgan va shifokorlarning aytishicha, shu sabab Zaborovskiy omon qolgan. Yashin urgach, darvozabon nafas ololmay qolgan.
«Mashg‘ulot vaqtida osmonda bo‘ron xavfi yo‘q edi, aks holda biz mashg‘ulot o‘tkazmagan bo‘lardik. Havo bulutli edi, ammo yomg‘ir ham, shamol ham yo‘q edi», deydi TASS muxbiri bilan suhbatda klub bosh direktori Igor Mayorov.
Shu o‘rinda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining yashin vaqtidagi tavsiyalari haqida. Rossiyada bunday vaqtda har qanday sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Shuningdek, odamlarga temir jismlardan 20-30 metr uzoqda bo‘lish, uyda bo‘lganda derazaga yaqinlashmaslik va elektr jihozlarga teginmaslik tavsiya qilingan. Ko‘chada bo‘lgan odamlar imkon bo‘lsa mashinada yashirinishi xavfsiz ekani aytiladi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026