Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Suvsiz qiynalyapmiz» – Denovda nogironlar uchun qurilgan yangi uylar jo‘mraklaridan loyqa suv kelyapti
Kun.uz tahririyatiga Surxondaryo viloyatining Denov tumani, «Yangi Hazarbog‘» mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolardan murojaat kelib tushdi.

Murojaatchilarning aytishicha, mazkur uylarni qurish ishlari 2018 yil oktyabrida boshlanib, o‘sha yilning dekabrida yakunlangan.
Murojaatchilar ular yashayotgan xonadonlar yangi qurilgan binolar bo‘lib, nogironlar va kam ta'minlanganlar uchun mo‘ljallanganini, mazkur uylarda ular bir yarim yildan beri yashayotganliklariga qaramasdan, ichimlik suvi bilan uzil-kesil ta'minlanmagani, shu kunlarda esa jo‘mraklardan loyqa suv kelayotganidan shikoyat qilishdi.
Uydagi jo‘mraklardan oqayotgan rangli shubhali suv iste'molga aniq yaroqsiz, undan hatto idish-tovoqlar yuvish, kir yuvish va cho‘milishda ham foydalanib bo‘lmaydi. Faqat unitazda ishlatish mumkin, xolos.
Muammo yuzasidan Denov tuman hokimiga, mahalliy sektor rahbariga, «Prezidentga murojaat» portaliga murojaat etishganini, ammo natija bo‘lmaganini bildirishdi.
Biz joriy yilning 27 iyun kuni telefon orqali Denov tumani hokimligi mas'uli bilan bog‘lanib, holat haqida izoh so‘raganimizda u bu muammo «ikki kun ichida» hal bo‘lishini aytdi. Biroq muammo hanuz yechilmagan.
Ma'lumot uchun shuni ta'kidlash lozimki, yangi turar joy barpo etish rejalashtirilayotganda birinchi navbatda bo‘lajak uylarni ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi ko‘rib chiqiladi. Faqatgina mazkur masala ijobiy hal bo‘lgandagina yangi turar joy qurishga qaror qilinadi.
Shokir Sharipov
Tavsiya etamiz
Soliqchilar aniqlagan xato-kamchiliklar bo‘yicha “amnistiya” e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 16:11 / 20.08.2025
80 ta tumandagi bog‘cha va maktablarning bo‘sh yerlarida bog‘chalar quriladi
Iqtisodiyot | 15:25 / 20.08.2025
O‘zbekistonda insultni davolash uchun maxsus shifoxona ochiladi
O‘zbekiston | 20:43 / 19.08.2025
ADWorld ishi: pullar qaytariladimi?
Jamiyat | 16:50 / 19.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Rossiya 12 kunlik urush paytida Isroilga razvedka ma’lumotlarini bergan
Jahon | 00:39
-
Toshkentning Ohangaron shohko‘chasida piyodalar uchun to‘rtta yo‘lo‘tkazgich quriladi
O‘zbekiston | 23:16 / 25.08.2025
-
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
O‘zbekiston | 22:39 / 25.08.2025
-
Tramp Rossiya va Ukraina mojarosini «shaxsiy» deb atadi va to‘xtatishga va’da berdi
Jahon | 22:35 / 25.08.2025
Mavzuga oid

07:12 / 12.08.2025
Toshkentning Yangihayot tumanida 50 mingta «aqlli» suv hisoblagich o‘rnatiladi

12:02 / 28.07.2025
Qaysi hududda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi aytildi

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

20:37 / 26.05.2025