Kun.uz manbasining xabar berişiça, voqea joriy yilning 9 may kuni soat 14:30 larda Denov tumanidagi tibbiyot texnikumi öyingohida sodir bölgan. U yerda milliy kuraş böyiça ommaviy tadbir ötkazilgan.
Ma’lum bölişiça, davrada Nizomiddin polvonning öğli Ayubxon Xurramov raqibi Böstonbek Jabborovni kuraş musobaqasida yenggan. Ukasining mağlubiyatidan ğazablangan Doston Jabborov Nizomiddin polvonning orqa tomonidan kelib, bir neça bor unga piçoq bilan zarba bergan.
Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinovning Kun.uz’ga tasdiqlaşiça, oğir jarohatlar olgan Nizomiddin polvon zudlik bilan tuman tibbiyot birlaşmasiga olib borilgan. Biroq jonlantiriş bölimida körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, u vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga köra, marhumning tanasiga tört marotaba oğir piçoq zarbasi berilgan. Kökrak qafasi, bel va dumba sohalariga yetkazilgan jarohatlar içki organlarni teşib ötgan va hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati sifatida baholangan.
Mazkur holat yuzasidan şu kunning özida Denov tuman prokuraturasi tomonidan D. J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «l» bandi (bezorilik oqibatida qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumonlanuvçi JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kun.uz manbasiga köra, Doston Jabborov muqaddam sudlangan bölib, zöravonligi bilan tanilgan şaxs hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq, 27 aprel kuni Denovda «Şakki» laqabli zöravon şeriklari bilan kunduzi köçada bir yigitni kaltaklab öldirgan, holat böyiça tört kişi qamoqqa olingan edi.












