19:09 / 07.07.2020
9551

Milliarder Baffet pandemiya boshlanganidan beri ilk yirik xaridini amalga oshirdi

Milliarder Uorren Baffetning xoldingi pandemiya boshlanganidan buyon ilk marotaba yirik aktivni xarid qilishga qaror qildi. Shu vaqtgacha Baffet, garchi bozorlar qiymati qulagan bo‘lsa-da, qimmatbaho qog‘ozlar xarididan o‘zini tiyib turgandi. Tanqidchilar bundan foydalangan holda “mashhur investor inqiroz vaqtida foydali bitimlar qilish qobiliyatini yo‘qotgan ko‘rinadi”, deya tanqid ham qilishga ulgurishdi. 

Foto: AFP/Getty Images

Shunday qilib, milliarder Uorren Baffet tomonidan boshqariladigan Berkshire Hathaway investitsiya xoldingi Amerikaning Dominion Energy kompaniyasi aktivlarini xarid qildi. Bitim qiymati 9,7 mlrd dollarni tashkil etdi, buning tarkibida 5,7 mlrd dollarlik kompaniya qarzi ham mavjud. 

Bu xoldingning 2016 yildan buyon amalga oshirgan eng yirik bitimidir, deb qayd etmoqda CNBC

Bloomberg agentligining yozishicha, Berkshire Hathaway bitim tuzish uchun juda qulay fursatni tanlay olgan: AQShda tabiiy gaz fyucherslari iyun oyida 25 yildagi eng quyi darajaga tushdi va inqirozga bo‘lgan davr qiymatigacha tiklangani yo‘q. 

«Baffet, nihoyat inqiroz davrining yangi bitimi uchun imkoniyat topdi», — deya izohlagan bitimni agentlik. 

Berkshire Hathaway xoldingini 434 mlrd dollarlik konglomeratga aylantirgan Baffet o‘ta tebranuvchi bozorlarda g‘aroyib va murakkab bitimlar qila oluvchi investor sifatida dong taratgan. Biroq, bu yil pandemiya bois fond bozorlari qulaganida milliarder yirik xaridlarni amalga oshirmadi, hatto yirik Amerika aviakompaniyalaridagi ulushini, xato bo‘lganini tan olgan holda sotib yubordi. Shu bilan birga, Berkshire Hathaway ixtiyorida rekord miqdorda – 137 mlrd dollar zaxira mablag‘i saqlanib qoldi.  

Top