08:56 / 07.07.2020
11463

Yaponiyaning 3 hududida favqulodda ogohlantirish e'lon qilindi

Yaponiya meteorologiya boshqarmasi Fukuoka, Saga va Nagasaki prefekturalarining ayrim hududlarida o‘ta kuchli yog‘ingarchilikdan ogohlantirdi. Bu mintaqalar mamlakat janubi-g‘arbidagi Kyusyu orolida joylashgan. Ogohlantirish boshqarma jadvali bo‘yicha eng yuqori darajada e'lon qilingan. 

Mazkur prefekturalarda bir necha o‘n yillardan buyon kuzatilmagan yog‘ingarchilik kuzatilmoqda. 

Rasmiylar suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida talofatlar yetishi ehtimolini yuqori baholashmoqda.

Tumanlar aholisiga boshpanalarga yetish qiyin bo‘lgan hollarda mustahkam poydevorli binolarda jon saqlash tavsiya etilmoqda. 

O‘z uylarini tark eta olmagan fuqarolar esa, binolarning ustki qavatlarida qiya tepaliklarning qarshi tomonida turishlari kerak. 

Mavzuga oid
Top