Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bukinhem saroyi xodimlarining ommaviy ravishda qisqartirilishi kutilmoqda - OAV
Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning Londondagi qarorgohi hisoblangan Bukinhem saroyi xodimlari ommaviy ravishda qisqartirilishi mumkin. Bu haqda The Daily Telegraph nashri saroyning ichki hujjatlari va xodimlar bilan suhbatlarga tayanib xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha boshlangan kampaniya, qirolichaning Londonga qaytishni istamayotgani va bu bilan bog‘liq qisqartirishlar koronavirus pandemiyasi oqibatlari hisoblanadi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, saroy xodimlariga maosh berilishi to‘xtatilgan va pensiya sxemalarini o‘zgartirish bo‘yicha maslahatlar berila boshlangan.
Saroyda ishlovchi odamlar qirolicha Londonda yaqin orada paydo bo‘lmasligiga shubha qilmayaptilar.
“Aytishlaricha, Bukinhem saroyi yaqin orada ochilmaydi. Bu esa xodimlar uchun jiddiy oqibatlarni anglatadi. Qirolicha yozni Balmoralda [qirolichaning Shotlandiyadagi yozgi qarorgohi] o‘tkazmoqchi, so‘ngra Vindzorga [qirolichaning yana bir qarorgohi] qaytmoqchi. Bu esa saroyda ishlovchilar uchun nimani anglatishini taxmin qilishdan bo‘lak hech narsa qolmayapti. Ko‘plar ishdan bo‘shatilishi mumkinligidan xavfsiramoqda”, deyilgan nashrda.
Bukinhem saroyi qirolicha Yelizaveta II’ning ishchi qarorgohi hisoblanadi. Biroq qirolicha va uning turmush o‘rtog‘i – shahzoda Filipp martdan beri London yaqinidagi Vindzor qasrida o‘zini yakkalagan holda qolmoqda. Ularga 20 ga yaqingina kishi xizmat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
18:15 / 24.11.2024
Britaniya qirolining Londondagi qarorgohi ta’mirlash ishlari tufayli uch yilga yopiladi
21:46 / 23.11.2024
Charlz III ning toj kiyishi britaniyaliklarga 90 mln dollarga tushgani ma’lum bo‘ldi
10:59 / 07.11.2024
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filippning to‘yidagi tort bo‘lagi kimoshdi savdosida sotildi
21:51 / 13.09.2024