Jamiyat | 19:08 / 08.07.2020
6663
3 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, ayniqsa bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish ishlarini rivojlantirishga berilgan alohida e'tibor tufayli yoshlarimiz xalqaro talablarga mos sport majmualarida ko‘plab sport turlari bilan shug‘ullanib, o‘z sog‘liqlarini tiklab kelmoqdalar. O‘quvchi-yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullantirish samaradorligini yanada oshirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tomondan ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, prezidentimiz rahbarligida 2019 yil 19 martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash, shuningdek, koronavirus (COVID-19) pandemiyasi davrida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni muntazam sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish maqsadida joriy yilning 8 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan sportning stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi “Gulbahor” bolalar oromgohida karantin qoidalariga rioya qilib, masofani saqlagan holda musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sport musobaqasi oromgohlarda dam olayotgan Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining yozgi ta'til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil qilindi.

Ushbu musobaqada jami 80 dan ortiq Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

Musobaqalarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari va sport jihozlari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati matbuot xizmati

Mavzuga oid