2020 yil 25 fevral kuni Senat Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasining majlisi bölib ötdi. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar mutasaddilari, olimlar va mutaxassislar, “Mehribonlik” uylari hamda SOS Toşkent şahridagi bolalar mahallasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.
Senat axborot xizmati xabariga köra, majlisda ota-onalar qarovisiz qolgan, “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan yoşlarning jamiyatga ijtimoiy moslaşuvidagi dolzarb masalalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament sörovining natijalari tegişli vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan birga dastlabki tarzda muhokama qilindi.
Majlisda sohada uçrayotgan muammolarga e'tibor qaratildi. Jumladan, “Mehribonlik” uylarida yoşlarni ijtimoiy hayotga tayyorlaşda köplab muammolar mavjudligi, ularda şaxsiy turar joyning yöqligi, işga kirişda köplab qiyinçiliklar yuzaga kelayotganligi “Mehribonlik” uylarida tarbiyalangan yoşlarning jamiyatga ijtimoiy moslaşuvida eng asosiy muammosi ekanligi ta'kidlandi.
Yetim va ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi özlari yaşab turgan turar joylarni ular “Mehribonlik” uylariga joylaştirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga köra vasiylikka yoki homiylikka oluvçi bilan birga yaşayotgan butun vaqt mobaynida, ön sakkiz yoşga tölgunga qadar bronlaştiriş huquqini amalga oşiriş mexanizmini şakllantiriş muhimligi aytib ötildi.
“Mehribonlik” uylarini bitirgan bitiruvçilarning aksariyati örta maxsus ta'lim yurtini tugatgandan keyin öz mutaxassisligi böyiça iş topa olmasligi töğrisida fikr yuritildi.
Mazkur parlament sörovi natijalari 28 fevral kuni bölib ötadigan parlament yuqori palatasining ikkinçi yalpi majlisida muhokama qilinişi va Senatning tegişli qarori qabul qilinişi rejalaştirilgan.












