20:56 / 09.07.2020
11406

Belarusning «Shaxtyor» klubi Yaxshiboyev transferini e'lon qildi

Belarusning «Shaxtyor» klubi «Paxtakor» yarimhimoyachisi Jasurbek Yaxshiboyev transferini e'lon qildi.

Soligorsk shahri jamoasi 23 yoshli futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi. Yaxshiboyev yangi jamoasi safida 22 raqamli futbolkada to‘p suradi.

Yaxshiboyev «Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Mavsumning dastlabki qismini u «Energetik-BGU» klubida o‘tkazdi va Belarus chempionatida 14ta o‘yinda maydonga tushib, 9ta gol urib, 3ta golga hammualliflik qildi. 

Soligorskning «Shaxtyor» klubi Belarus chempionatining 16 turidan keyin 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Top