Pressbol xabariga köra, ötgan çempionatning eng yaxşi assistentlaridan biri, liberiyalik yarimhimoyaçi Devid Tve Brestning «Dinamo» klubi bilan şartnoma imzoladi.

Şuningdek, çempionatning eng yaxşi töpurari, özbekistonlik Jasurbek Yaxşiboyev Soligorskning «Şaxtyor» klubiga ötdi. Futbolçini «Paxtakor»dan ijaraga olgan «Energetik-BGU» uni mavsum oxirigaça subijaraga berişga qaror qildi.

Eslatib ötamiz, Yaxşiboyev şu yilning yanvar oyida «Energetik-BGU» tarkibiga borib qöşilgan edi. Belarus çempionatining bu mavsumida futbolçi 14ta öyinda maydonga tuşib, 9ta gol urgan va 3ta golga hammualliflik qilgan.

Soligorskning «Şaxtyor» klubi Belarus çempionatining 16 turidan keyin 30 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda.