COVID-19'ga test topshirish uchun borganlarni qaytarish holatlari uchramoqda. Vazir o‘rinbosari izoh berdi
O‘zbekistonda o‘zida koronavirus alomatlarini sezib, ixtiyoriy ravishda test topshirish uchun davlat muassasalariga murojaat qilgan fuqarolardan turli sabablar bilan test olinmayotgani holatlari uchramoqda. Buni Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova Kun.uz muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.

«Yaqindan beri bemorlarni qaytarish hollari bo‘ldi. Chunki kasallar soni to‘satdan ko‘payib ketdi», – dedi vazir o‘rinbosari.
Bositxonova bunday holat test tizimlari soni yetishmovchiligi bilan bog‘liqligi haqidagi taxminni rad etdi.
«Korxona va tashkilotlar mutaxassislarni chaqirib, xodimlari uchun test o‘tkazyapti. Tashkilotlarning xodimlaridan test olish muddati tugagan bo‘lishi ham mumkin, ulardan belgilangan vaqtda test olinadi. Hozir xususiy laboratoriyalarga ham virusga test olish uchun ruxsat berilgan. Ular test topshirmoqchi bo‘lganlarni kun-u tun qabul qiladi.
Test o‘tkazilgach darhol emas, 3-4 kundan keyin javob berish holatlari ham uchrayapti. Testda navbat bo‘lib qolishi mumkin. Chunki bunday holat bizning tajribamizda birinchi marta kuzatilyapti. Kasallanganlar va ular bilan muloqotda bo‘lganlar soni bunday tez o‘sib ketadi, deb hech kutmagandik.
Tibbiyot tizimi va kasallikning rivojlanishi o‘rtasidagi nomuvofiqliklar chuqurlashib ketmasligi uchun karantin e'lon qilindi. Bu davrda ko‘pgina masalalarni iziga tushirib olish uchun choralarni ko‘ramiz», – dedi Bositxonova.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda epidemiologik vaziyat keskin yomonlashgani tufayli 10 iyuldan 1 avgustgacha qat'iy karantin cheklovlari o‘rnatildi. Bu vaqt davomida to‘ylar va boshqa oilaviy marosimlar, ommaviy tadbirlar taqiqlandi, avtotransportlar harakati cheklandi, buyum bozorlari va bolalar bog‘chalari yopildi, xalqaro aviaqatnovlar ikki barobarga qisqartirilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi
Jahon | 23:24 / 01.04.2025
-
Xitoyda birinchi marta operatorlarga uchar taksilardan foydalanishga ruxsat berildi
Fan-texnika | 23:16 / 01.04.2025
-
Ukrainada 20 km masofaga ucha oladigan optik tolali FPV-dronlar sinovdan o‘tkazildi
Jahon | 23:14 / 01.04.2025
-
Demokrat Senatda Tramp siyosatiga qarshi 17 soat nutq so‘zladi
Jahon | 23:06 / 01.04.2025
Mavzuga oid

12:07 / 13.04.2023
«Viloyat va tumanlardagi shifoxonalar uchun 15 ta MRT va 200 dan ortiq MCKT uskunasiga ehtiyojimiz bor» - Amrillo Inoyatov

09:46 / 07.08.2022
SSV: Asoratli homiladorlik asoratli bolalar tug‘ilishi degani emas

10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi

22:17 / 11.05.2022