Soğliqni saqlaş vazirligi xususiy klinikalarga nisbatan lisenzion talablarni qayta körib çiqmoqda. Vazirlik nodavlat tibbiyot muassasalari ustidan nazorat mexanizmlarini takomillaştiriş, xususan, biznes ombudsman ruxsatisiz tekşiruv ötkaziş vakolatini közda tutuvçi hujjat loyihasi ustida işlayapti, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi vazir örinbosari Elmira Bositxonova.
Buxoroda xususiy klinikada 11 yoşli bola vafot etgani holati yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Farğonada esa xususiy klinikaga burun operatsiyasi uçun borgan prokuratura xodimining ölimi yuzasidan tekşiruv ötkazilmoqda.
Kun.uz muxbiri soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Elmira Bositxonovadan bu kabi holatlarga vazirlikning munosabatini söradi.
“Avvalo aytmoqçimanki, xususiy klinikalarning fuqarolarimiz salomatligini saqlaşda, ularni davolaşdagi hissasi keskin ortdi. Ularning soni ham, sifati ham oşdi. Mana, statsional xizmat körsatuvçi xususiy klinikalar ham köpaydi. Lekin bu narsaning ikkinçi tomoni bor. Ularga davlat tomonidan qançalik imtiyozlar, erkinliklar taqdim etilmasin, oddiy tadbirkorlar bilan tibbiyot sohasidagi klinika rahbarlari örtasida farq bor: ular inson hayoti uçun javob beradi. Ular nafaqat eng yuqori texnologiyali asbob-uskunalar, balki öz kadrlar salohiyati va malakasi haqida ham qayğurişi kerak.
Soğliqni saqlaş vazirligi litsenziya beriş talablarini qayta körib çiqyapti. Eng muhimi, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanayotgan tibbiyot muassasalariga tadbirkor sifatida emas, şifokorlar, ya’ni tibbiyot sohasi sifatida qarab, har qanday noxuş holatlar bölganda, SSV tomonidan xizmat tekşiruvi ötkaziş böyiça taklif kirityapmiz. Unday bölmasa, xususiy klinikalardagi kamçiliklarning obektiv tahlilini qiliş imkoniyati yöq”, – deydi Bositxonova.
U amaldagi tartibga köra xususiy klinikada tekşiruv ötkaziş biznes ombudsman orqali bölişini ta’kidlab, vazirlikning töliq örganişlar ötkaziş imkoniyati çeklanganini qayd etdi.
Ma’lumot uçun, 2024 yil avgust oyi holatiga, Özbekistonda xususiy tibbiyot muassasalari soni 9200 taga















