Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 12 milliondan oshdi
Dunyo bo‘yicha yangi namunadagi koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 12 mln kishidan ortdi. Amerikaning Johns Hopkins University ma'lumotlarida shu haqda so‘z boradi. Mazkur universitet xalqaro tashkilotlar, federal va mahalliy hukumat axborotlari asosida hisob-kitobni amalga oshirib kelmoqda.
O‘quv muassasasiga ko‘ra, 12 007 327 kishi virusni yuqtirgan, shundan 548 799 kishi hayot bilan vidolashgan. Kasallanishning eng ko‘p holati AQSh (3 051 427) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, so‘ngra Braziliya (1 713 160) va Hindiston (742 417) boryapti.
Rossiya virus aniqlangan fuqarolar soni bo‘yicha 4-o‘rinda bormoqda. Bu mamlakatda shu vaqtga qadar 700 792 kishida virus aniqlangan, 472 511 kishi sog‘aygan, 10 667 inson vafot etgan.
O‘zbekistonda bugungi kunda koronavirusni yuqtirganlar soni 11 mingdan oshgan. Shu vaqtga qadar 45 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Sanitar-epidemiologik holat keskinlashgani munosabati bilan mamlakatda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari tiklandi va respublika hududi “qizil” hudud deb e'lon qilindi.
Mavzuga oid
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026
Rossiyada o‘zbek asalarilari ortilgan yuk mashinasi bir oydan beri qidirilmoqda
21:55 / 26.04.2026