Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi attraksionlarda tashrif buyuruvchilardan qichqirmaslik so‘ralmoqda. Ovoz chiqarmaganlarga chegirma beriladi
Park mehmonlari attraksionlarda qichqirmaslikning iloji yo‘qligini aytib shikoyat qilishgan.
Yaponiyada koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida karantindan so‘ng ochilgan ko‘ngilochar bog‘larga keluvchilardan Amerika tepaliklari attraksionida qichqirmaslik iltimos qilinmoqda. Attraksionda ovoz chiqarmay ucha olganlarga chegirmalar berilmoqda, deb yozadi The Wall Street Journal.
Yaponiya tematik parklar assotsiatsiyasi attraksionlarda qichqirmaslik bo‘yicha tavsiyanoma chiqardi. Ammo bu tavsiya tashrif buyuruvchilarga yoqmayapti. Fuji-Q Highland parki xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, park mehmonlari attraksionlarda qichqirmaslikning iloji yo‘qligini aytib shikoyat qilishgan.
17 iyulgacha har bir tashrif buyuruvchi 390 iyen evaziga o‘zining attraksiondagi holati aks etgan fotosuratga buyurtma berishi mumkin. Agarda fotosuratda u jiddiy qiyofada va niqobni to‘g‘ri taqqan bo‘lsa, bu suratni ijtimoiy tarmoqqa maxsus xeshteg bilan joylashtiradi. Bu unga Fuji-Q Highland parkida bir kun davomida bepul hordiq chiqarish uchun chipta yutib olish imkonini taqdim etadi.
Fuji-Q Highland parkida 1996 yildan beri uzunligi ikki kilometrli Amerika tepaliklari attraksioni ishlaydi. Uning vagonlari soatiga 130 kilometr tezlikda harakatlanib, yuqoriga chiqadi va 70 metr pastlikka sho‘ng‘iydi.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
13:52 / 11.06.2026
Jizzaxda attraksion halokati: 4 kishi jarohatlandi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026